Shovqin darajasini shovqin to’sish qopqoqlari yordamida kamaytirishni hisoblash


Download 31.32 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1367633
1   2
Bog'liq
Shovqin darajasini shovqin to

2. Shovqinning insonga ta’siri

Shovqinning tavsifi va darajasiga ko’ra, insonga bo’lgan ta’sirini bir necha pog’onalarga ajratish mumkin.


Shovqin yo’q-shovqinni umuman yo’qligi g’ayritabiiy bo’lib, kishini vahimaga soladi. Bir necha kun absolyut shovqinsiz holatda bo’lish, kishingi ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi.
20...40 dBA miqdordagi kundalik yashashdagi shovqinning inson uchun unchali xavfli emas.
40dBA yuqori bo’lgan doimiy shovqinlar kishilar asabini taranglashtirib aqliy faoliyat ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatadi.
60...80 dBA bo’lgan shovqinlar kishilar ruhiyatiga ta’sir ko’rsatib, kishilarni tez charchashga, diqqati va reaksiyasini pasayishiga, hamda boshqa tashqi omillarga tez asabiylashishga olib keladi.
80...110 dBA shovqinlar kishilarni fiziologik holatiga ta’sir ko’rsatib, uning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. 80 dBA dan yuqori bo’lgan shovqin ta’sirida, kishilarni eshitish a’zolarini yamonlashishiga, asab tizimini funksional holatini o’zgarishiga va qon-tomir tizimidagi bosimini o’zgarishiga olib keladi. Aynikqsa bunday darjadagi shovqinning doimiy ta’siri natijasida, kishilarda shovqin kassaliga simptomlari vujudga kelib, eshitish qobiliyatini pasayishi, ovqat hazm qilish a’zolarini o’zgarishi, ya’ni kislotalikni tushib ketishi, yurakda kislorodlarni yetishmovchiligi va neyroendokrinlarni buzilishiga olib keladi.
Tajribalar asosida aniqalanishicha yuqori diqqat talab qilinadigan ishlab chiqarish joylardagi 70 do 90 dBA gacha bo’lgan shovqin, ishlab chiqarish unumdorligini 20% ga tushishiga olib keladi.
110 dBA bo’lagn shovqin kishilarni jarohatlanishi va 140dBA da quloq nog’oralarini yorilishiga olib kelishi mumkin.


3. Shovqindan himoyalanish vositalarni hisoblash uslubi

Shovqindan himoyalanish vositalari, ishlab chiqarish joylarida shovqinning sanitariya me’yorlaridan oshgan taqdirda, ya’ni L>Lsm bo’lganda qo’llaniladi. Ushbu sonlar o’rtasidagi farq L =L- Lsm himolyalanish uchun talab qilinadigan miqdorni belgilaydi.


Himoyalanish uchun shovqin miqdorini aniqlashda analitik, grafik va tajribaviy usullardan foydalanadilar.
Analitik usulda hisoblashda, tekis bir qatlamli shovqindan himoyalanish vositasini taqribiy qiymati quyidagi formula yordamida aniqalanadi


(1)

Bunda M -1 m2 tusiq og’irligi, kg (jadval 1);


f – ovoz chastotasi, Gs .
Keltirilgan formula tahlilidan kelib chiqadigan bo’lsak, to’siqning shovqindan himoyalanish darajasi, uning og’irligiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ammo bu qonuniyat har doim ham to’g’ri emas. Eng past chastotali (45Gs) shovqinlarda, shovqinda himoyalanish darajasi to’siqlarni mustahkamligi va rezonanslarni vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.

Ba’zi qurilish materiallar tavsifi


Jadval 1

Material

Qalinligi, mm

To’siqning 1 m2 og’iriligi, kg

DVP

3

3.3

Po’lat

8

59.6

Shifer

7

13.7

DSP

20

17.3

Fanera

10

6.9

Dyuralyuminiy

0.5

1.6

Organik oyna

6

3.8

Penoplast

95

1.3

Gips

13

12.8

Yuqori chastotali shovqinlarda, to’siqlar yordamida himoyalanish darajasini qisman talab darajasida bo’lmasligi, bu shovqin to’lqinlarini to’siq yuzasi bo’yicha tarqalishi, to’siqlarni yuzasi bo’ylab rezonanslarni hosil bo’lishi fazoviy to’lqinlarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi va buni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.


Shovqinlarni kamaytirish imkonini beruvchi eng past chastotali shovqin chegarasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:



Bunda: C – havodagi tovush tezligi (S=340 m /s);


Stusik – tusiklardagi tovush to’lqinining bo’ylama tezligi, m/s
(jadval 2);
h – to’siq qalinligi, m.

Qurilish materiallarida bo’ylama tovush to’lqinining tavsifi


Jadval 2



To’siq materiali

Bo’ylama tovush to’lqinining tezligi m/s

1

Oyna , po’lat

5000



2

Charm

40 –150



3

Elastik penoplast

100 –150



4

DSP

1800 –2800



5

Fanera

1200 –1500



6

Shifer

4000



Shovqin miqdori meyoridan oshib borgan sari to’siqlar mustahkamlanib boriladi.


Topshiriq
Birinchi va ikkinchi jadvallarda keltirilgan qurilish materiallari xususiyatlari hisobga olgan holda eng past shovqin chegarasi aniqlansin.


Nazorat uchun savollar

  1. Shovqin nima?

  2. Shovqinni qanday turlarini bilasiz?

  3. Shovqinni insonga ta’siri va uning chegarasi nima?

  4. Shovqindan himoyalanish chora tadbirlari?

  5. Shoviqinni chegarasi nima va u qanday aniqlanadi?

Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling