Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarning guruhlanishi va
Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari
Download 213.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarning guruhlan (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Shovqinga qarshi kurash usullari.
Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari
Turi Chastota lar doirasi, kGs Ulchanadi gan shovqinin g darajalari doirasi, dB Xarorat doirasi, t 0 S Ruxsat etiladigan namlik, % Tashki ulchamlar i, sm Ogirligi, kg SH-3M 0,040-10 30-140 10 dan 35gacha 65-75 27x20x14 5,5 ISHV-1 0,022-12 30-150 -20dan 50 gacha 80 gacha 22x36x36 12,0 2203(Bry u l va Kyer) PSI - 202 0,020-18 22-140 -10 dan 60 gacha 90 gacha 31x12x9 2,7 (RET- Germaniy a) 0,020-12 17-135 -10 dan 10 gacha 90 gacha 26x12x18 3,6 5.3. Shovqinga qarshi kurash usullari. Shovqinga qarshi kurashish kuyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish); manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish; shovqinni ixotalash; shovqinni yo’tish; shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash; shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash; shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash. 9 Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy yo’nalishi hisobga olinadi. Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona, tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak. Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini kuyidagi formula bilan aniqlash mumkin ( rasmga karang). Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB. L x =L shm -20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB. bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m; L shm - shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada ulchanadi); L x - shovqinni L masofada sunishi, dB. Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin daraxt va bo’talar bilan koplangan bo’lishi kerak. Download 213.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling