Shovqin va undan himoyalanish1 Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning inson organizmiga ta’siri


Download 488.81 Kb.
bet3/3
Sana22.11.2020
Hajmi488.81 Kb.
#149987
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu. Shovqin va tebranishlarning inson tanasiga tasiri.

4.2-rasm. Insonga umumiy tebranish hosil qiluvchi mexanizmlar.5

Bundan tashqari turli xil konstruksiyadagi titrash izolyatorlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bunday izolyatorlarga AKSS-15M, AKSS-25M, AKSS-400I larni misol qilish mumkin.

Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo‘lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol bo‘la oladi (4.3. – rasm). Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi.



4.3 – rasm. Havo yostiqli titrashdan himoyalovchi ushlagich: 1 – rezina qobiq; 2 – «nippel»li kiritish teshigi; 3 – havo bo‘shlig‘i.


Titrash kasalligini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar. Titrash ta’sirini kamaytirishda yuqorida ko‘rsatilgan texnik tadbirlardan tashqari profilaktik tadbirlar ham qo‘llaniladi. Buning uchun titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashga 18 yoshga to‘lmagan, tibbiy ko‘rikdan va yo‘riqnomadan o‘tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi. Titrash bilan ishlovchi jihozlar ishlatiladigan xonaning harorati 160C dan kam bo‘lmasligi lozim. Agar bunday jihozlar tashqi muhitda ishlatilsa, ish joyi yonida isitiladigan va harorati 220C dan kam bo‘lmagan dam olish xonalari bo‘lishi zarur. Ishchi titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlaganda, har 1 soatda 10-15 minut tanafus qilishi va jihoz bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda uzluksiz ishlash vaqti 15-20 minutdan oshmasligi zarur. Titrashga xavfli mashinalar va jihozlar bilan ishlaganda ish vaqtidan tashqari ishlashga ruxsat etilmaydi.

Ish joylarining titrashga xavfliligi darajasini aniqlashda NVA-1, ISHV-1, VIP-2, VR-1 markali asboblardan, 3501 tipidagi asboblar komplektidan hamda «Bryul va K’er» va RFT (Germaniya) markali asboblardan foydalaniladi.



1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-394-400.

2 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-397.

3 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 394-400.

4 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-400.

5 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-404.

Download 488.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling