Shovqin va undan himoyalanish1 Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning inson organizmiga ta’siri


Download 488.81 Kb.
bet2/3
Sana22.11.2020
Hajmi488.81 Kb.
#149987
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu. Shovqin va tebranishlarning inson tanasiga tasiri.

4.1-rasm. Shovqindan umumiy muxofazalanish.2
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samada bermaydi. Shu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin yo‘liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.

Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo‘lishining asosiy sababi-o‘zgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi. Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orqali kamaytiriladi.

O‘ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyasiyalashda tovush kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni susaytirish yo‘llaridan yana biri binolarga akustik ishlov berish, binolar va sexlarni to‘g‘ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, porolon, mineral momiq, shishatola, g‘ovak polivinilxlorid kabilar ishlatiladi. Bunday g‘ovak materiallar o‘ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali shovqin darajasini susaytirish va me’yorlashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositalari – quloqchinlar va maxsus tamponlardan foydalaniladi.

Eshitish organlarini individual himoyalash choralari:3

1. Mexanizmning aylanma qismlarini o‘ta aniq hisob bilan bosish va balansirovka qilish.

2. Dinamik tovush bosuvchilardan foydalanish.

3. Silkinish manbai oborotlari sonini o‘zgartirish (chastota ko‘p bo‘lsa), moslamaning qattiqligini ko‘paytirish, ya’ni tebranishlar amplitudasini kamaytirish lozim. Bunga moslamaning egiluvchanligi va mustahkam emasligi holatida erishish mumkin.

4. Mashina poydevori va asosi o‘rtasida zich prokladkalardan (rezina, voylok, yog‘och, probka, prujina va ressorlar) foydalanish mumkin.

5. Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini aylanuvchan (podshipnik) – chayqalma, sirg‘aluvchan podshipniklar bilan, po‘lat detallarni plastmassali bilan almashtirish.

6. Mashinalar detallari uchun yopishqoq materiallar va qotirmalar qo‘llash. Bunday himoya turi shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va shovqinga qarshi kurashning asosiy choralaridan biridir.

Ultratovush va infratovushlardan himoyalanish. Inson qulog‘i 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan chastotali tovushlarni eshita oladi. 16 Gs dan kichik chastotali tovushlar – infratovushlar, 20000 Gs.dan katta chastotadagi tovushlar- ultratovushlar deb ataladi .

Ultratovushlarni tizimli ravishda insonga ta’sir etishi tez charchashga, quloqlarda og‘rik paydo bo‘lishiga, bosh og‘rigiga, asab va yurak – tomir tizimi ish faoliyatini buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ultratovshli qurilmalar bilan bevosita kontaktda bo‘lish taqiqlanadi.

Ultratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri tovushni izolyasiyalovchi kojuxlar va ekranlardan hamda masofadan boshqarish (“distansion”) moslamalaridan foydalanish orqali bartaraf etiladi.

Infratovushlar tabiatda er qimirlashlar, vulqonlar, dengiz to‘lqinlari vaqtida yuzaga keladi. Infratovushlarning sun’iy manbai - dizelgeneratorlari, kompressorlar, turbin dvigatellar, elektrovozlar, teplovozlar, sanoat ventilyatorlari va boshqa katta o‘lchamli mashina-mexanizmlar hisoblanadi. Past chastotali tebranishlarning uzoq vaqt ta’siri toliqishga, bosh aylanishiga, uyquning buzilishiga, asabiy zo‘riqishga, markaziy nerv tizimining ish faoliyatini, qon aylanish jarayonini, yurak-tomir tizimini va oshqozon-ichak faoliyatini buzilishiga olib keladi. Inson qisqa vaqtda tovush bosimi darajasi 150 dB gacha bo‘lgan infratovushlarga bardosh bera oladi. Tovush bosimi 150 dB dan yuqori infratovushlar o‘limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, infratovushlar chastotasi inson ichki a’zolarining chastotasiga (3-9 Gs) teng bo‘lganda o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday vaqtda rezonansli tebranish hosil bo‘lib, ichki a’zolarga katta bosim ta’sir etadi. Shunga mos holda nafas olish a’zolari uchun 1…3 Gs, yurak uchun 3…5 Gs, miya biotoki uchun – 8Gs, oshqozon uchun –5…9 Gs chastotali infratovushlar xavfli hisoblanadi. Infratovushlarni o‘lchash uchun maxsus infratovushli mikrofonlar va asboblar ishlatiladi.



Titrash va undan himoyalanish4

Umumiy ma’lumotlar. Titrashning inson organizmiga ta’siri. Titrash, insonga titrash bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan kontakda bo‘lgan vaqtda ta’sir etadi. Titrashdan ko‘p holatlarda, ishlab chiqarish jarayonlarini intensifikatsiyalashda ham foydalaniladi, masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k. Shunga bog‘liq holda titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo‘linadi.

Texnologik titrashlar qo‘zg‘almas mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarni ishlashi davrida hosil bo‘ladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi ikki xil, ya’ni umumiy va mahaliy (lokal) kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, ko‘rishni susayishi, tana haroratini oshishi, oshqozon va yurak-tomir tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zolariga, masalan, qo‘l, oyoq va h.k. tasir etishi natijasida kelib chikadi. Bunday vaqtda nerv va suyak-bo‘g‘im tizimi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonni og‘irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.

Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me’yorlashtiriluvchi parametrlari sifatida tebranish tezligining o‘rta kvadratik miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o‘lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta’sir darajasini boshlanishi V0=510-8m/s.

Titrash tezligi darajasining logarifmik miqdori quyidagicha aniqlanadi,

Lv=20lg ·V/510-8 , (3.35)

bu erda V – titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s.

Titrash tezligining logarifmik miqdori, Lw(dB):

Lw=20lg , (3.36)

bu erda w – titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s2; 310-4 – titrash tezligini inson tanasiga ta’sirining sezilishini boshlanish miqdori, m/s2.

Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir etadi. Titrash yuzasida tik turib ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat – 5 - 12 Gs va 17…25 Gs, o‘tirib ishlayotgan kishiga esa – 4…6 Gs to‘g‘ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20…30 Gs atrofida bo‘ladi. Shu sababli, titrashning inson a’zolariga ta’sir xususiyatini va titrashning turini hisobga olgan holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigienik normalari ishlab chiqilgan.

Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o‘rta kvadrat miqdori – 0,2 m/s va logarifmik darajasi – 132dB bo‘lib, u o‘rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo‘lgan vertikal transport titrashlar uchun qabul qilingan.

Ma’muriy binolar, loyihalash idoralari, tibbiy punktlar va ish xonalariga qattiq talab qo‘yilgan bo‘lib, o‘rta geometrik chastota 63 Gs bo‘lganda titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori 2810-4m/s dan, logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi.

Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish-titrashning o‘rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo‘lganda, titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori-0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga tengdir.



Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish yo‘llari. Mashina-mexanizmlar va jihozlarning ish jarayonida hosil bo‘ladigan titrashlarini, yoki titrash manbaiga ta’sir etib, yoki butun tebranuvchi tizimga ta’sir etish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.

Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining xarakterli xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zaro uzviy bog‘langan hamda qo‘zg‘aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanuvchandir. Shu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarda titrashni yuzaga kelishiga ularning o‘zaro birikkan detallari orasidagi zazorlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo‘ladi. Bu kuchning miqdori va o‘zgarishi ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning xarakteriga (dinamik, statik), tizim elementlarining harakat turiga (aylanma harakat, ilgarilanma – qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning balansirlanganlik darajasiga va detallar orasidagi zazorlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Ularga ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning teng ta’sir etishiga erishish, krivoship mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi.




Download 488.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling