Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
Harakat nomi
Harakat nomi harakat va holatning nomini bildiradi. Harakat nomi fe'lning otga qarab siljigan formasi bo`lganligidan, u, tabiiy, ham fe'llik, ham otlik xususiyatlariga ega. Harakat nomining fe'llik xususiyatlari: 1) mazmunan harakat bildiradi. 2) nisbat kategoriyasiga ega, 3) boshqa fe'l formalari kabi kelishiklarini boshqarib kela oladi: Otlik xususiyatlari: 1) egalik, kelishik qo`shimchalarini olib turlanadi; 2) gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi. Harakat nomi quyidagicha yasaladi: 1. Fe'l negiziga -i (sh) qo`shimchasini qo`shish bilan: kelish, yozish, borish kabi. Qutidor mehmonlarni jo`natib yotish uchun yechinar ekan, Oftoboyim so`radi (A. Q.) 2. Fe'l negiziga -u (v) qo`shimchasini qo`shish bilan: keluv, boruv, ishlov. Nuri o`z rejasining bunday qulay amalga oshuvidan hadsiz sevindi. (O). 3. Fe'l negiziga -moq qo`shimchasini qo`shish bilan: kelmoq, bormoq, ishlamoq. Erur chu bas husnu malohat senga Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga. (Navoiy.) -i (sh), -u (v) qo`shimchasi bilan yasalgan fe'llar otga yaqin turadi. Shuning uchun bu so`zlarning ba'zilari ham harakat nomiga, ham otga teng keladi: o`qish (o`qimoq va tahsil), yozuv (-yozmoq va xat), tanish (tanimoq va tanish odam), yurish (yurmoq va harbiy harakat). Harakat nomining yuqoridagi uchala shakli xam bo`lishsizlik ko`rsatkichi -ma qo`shimchasini qabul qilmaydi. Harakat nomining bo`lishsizlik formasi -maslik qo`shimchasi yordamida yasaladi: ketmaslik, aytmaslik kabi. Dildor Nizomjonga ko`rinmaslikka harakat qilardi. (S. Ahm.) Sifatdosh Sifatdosh ham fe'llik, xam sifatlik belgilariga ega bo`lgan fe'l formasidir. Harakatni acocan predmetlarning belgisi, xususiyati qilib ko`rsatadigan fe'lning vazifaviy shakliga sifatdosh deyiladi: o`qigan qiz, ishlayotgan yigit, kiyingan bola. Sifatdoshning fe'llik xususiyatlari quyidagilar: 1) mazmunan harakat bildiradi; 2) zamon, nisbat, bo`lishli bo`lishsizlik ma'nolarini ifodalaydi; 3) boshqa so`zlarni boshqarib kela- oladi. Sifatlik belgilari: 1) leksik xususiyati jihatidan belgi bildiradi; 2) gapda aniqlovchi bo`lib keladi. Sifatdosh asosan quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi; -gan (-kan, -qan): kelgan, ekkan, chiqqan. -digan, -yotgan: kelayotgan, o`qiyotgan. -r (-ar): oqar (suv) yeyar (og`iz) -ajak: bo`lajak (hosil), kelajak (zamon) -gu ,si: -g`usi: kelgusi (avlod), bo`lg`usi (ish) -vchi: boshlovchi (kishi) sehrlovchi qiz. Kelasi zamon sifatdoshi yasovchi -ar formasining bo`lishsiz formasi -mas orqali yasaladi: So`zlaring biz uchun bitmas kuch bo`ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling