Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet63/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Zamon, zamon kategoriyasining umumiy grammatik ma'nosi, o'tgan zamon shakllari, hozirgi zamon shakllari, hozirgi-kelasi zamon shakllari, zamon shakllari ma'nosining o'zgarishi va ular o'rtasidagi ma'nodoshlik, bevosita kuzatganlik, bevosita kuzatmaganlik, davomiylik.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Zamon kategoriyasining umumiy ma'nosi nima?
2. Zamon ma'nosi necha xil ko'rinishga ega?
3. O'tgan zamon shakllari qaysi qo'shimchalar bilan hosil bo'ladi?
4. –di shakli qanday ma'nolarni bildiradi?
5. –ibdi shakli qanday ma'nolarni ifodalaydi?
6. –gan shakli qanday ma'nolarni ifodalaydi?
7. Hozirgi zamon shakllari qanday qo'shimchalar bilan yasaladi?
8. Nima uchun hozirgi-kelasi zamon shakllari shunday nomlanadi?
9. Zamon shakllari ma'nosining o'zgarishi va ularning ma'nodoshligi haqida nima bilasiz?


Adabiyotlar:


1. Зикриллаев /.Н. Ызбек тили морфологияси. Бухоро. 1994.
2. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
3. Ызбек тили грамматикаси. 1-том, Тошкент, 1975.


19-mavzu. SHAXS-SON KATEGORIYASI

REJA:


1. Shaxs-son kategoriyasining mohiyati.
2. Shaxs-son shakllarining mazmuni va qo'llanishi

Harakatning bajaruvchi shaxsga va bu shaxsning son miqdoriga munosabati shaxs-son kategoriyasi deyiladi. Bu ma'nolarni ifodalovchi formalar shaxs-son formalari deyiladi. Harakatning bajaruvchisi so`zlovchi, tinglovchi, yoki o`zga bo`lishi mumkin. Shaxs bildiruvchi formantlar ayni vaqtda bajaruvchining son miqdorini ham ko`rsatib turadi: bordim - 1 shaxs, birlik, bordik-birinchi shaxs, ko`plik, bordingiz-ikkinchi shaxs ko`plik, borishdi-uchinchi shaxs ko`plik.


Fe'lning shaxs-sonda o`zgarishi tuslanish deyiladi. Shunga ko`ra shaxs-son qo`shimchalari tuslovchilar deb yuritiladi.
Bajaruvchi shaxs bilan harakat orasidagi munosabat predikativlik munosabati deb yuritiladi. Ega va kesimlik munosabati predikativ munosabatdir.
Fe'lning birinchi va ikkinchi shaxs formasi faqat kishilarga nisbatan qo`llaniladi. Uchinchi shaxs formasi esa kishilar uchun ham, umuman predmetlar uchun ham qo`llaniladi.
Harakatning bajaruvchisi, ya'ni shaxs ayrim fe'llarda aniq bo`ladi: Men dorixonada ishlayman.
Ayrim fe'llarda shaxs aniq ifodalanmaydi: «Bugun yomg`ir yog`adi, yog`adi»,-deyishayapti (shaxs noaqiq).
Demak, shaxs ko`rsatish yoki ko`rsatmaslik jihatdan fe'llar ikkiga bo`linadi: shaxsli fe'llar va shaxssiz fe'llar.
Birinchi turdagi fe'llarda ishning bajaruvchisi bilinib turadi. Bularda xuddi kishilik olmoshlaridagi kabi uch shaxs bor: boraman, borasan, boradi. Ikkinchi turdagi fe'llarda harakatni bajaruvchi shaxs bilinmaydi. Harakat o`z bajaruvchisiga ega emas. Bunday fe'llar ham ma'lum shaxs (uchinchi shaxs) formasida bo`ladi. Lekin bu forma bajaruvchi shaxs ma'nosiga ega bo`lmaydi; Bunda grammatik shaxs bo`lsa ham, bajaruvchi shaxs yo`q. Masalan: Xorazmga Amudaryo orqali boriladi.
Ba'zi fe'llar o`z leksik ma'nosiga ko`ra faqat uchinchi shaxs birligi formasida bo`ladi: yomg`ir yog`di, yarasi qichidi.
Fe'llarda shaxs uch xil yo`l bilan ifodalanadi: 1) sintetik yo`l: bordim, bording; 2) analitik yo`l: u borgan 3) analitik sintetik yo`l: men bordim, sen borgansan.
Hozirgi o`zbek tilida shaxs-son ko`rsatkichlarining quyidagi ko`rinishlari mavjud:
1) aniqlik maylining hozirgi zamon formalari va sifatdosh hamda ravishdoshlarning o`tgan zamon formalaridan keyin qo`shiladigan shaxs-son formalari



Birlik



Ko`plik



1 shaxs – man

-miz

II shaxs – san

-siz

III shaxs – di yoki nol

-dilar yoki nol (-lar)

2) aniqlik maylining -di edi bilan yasalgan o`tgan zamon formalari va shart mayli formasidan so`ng qo`shiladigan shaxs-son formalari.



Birlik



Ko`plik



1 shaxs –m

-k

II shaxs –ng

-ngiz

III shaxs –nol

-(lar)

3) buyruq -istak maylidan so`ng qo`shiladigan shaxs-son ko`rsatkichlari:

Birlik



Ko`plik



1 shaxs –ay

-aylik

II shaxs –nol yoki gin

-ing, ingiz

III shaxs –sin

-sin(lar)

Ikkinchi tuslanish qo`shimchalari shaklan egalik qo`shimchalariga o`xshaydi: oldim, olding; bolam, bolang kabi, lekin bularning biri fe'lga qo`shilib, bajaruvchi shaxsga munosabatni bildirsa, ikkinchisi otga qo`shilib predmetning tegishli, qarashli ekanligini ko`rsatadi.
Fe'lning shaxs-son formalari biri ikkinchisining o`rnida qo`llana oladi. Masalan: birinchi shaxsning ko`plik formasi birinchi shaxsning birligi o`rnida ham qo`llanadi. Bu vaqtda so`zlovchining kamtarligi yoki mag`rurlayishi ma'nosi anglashiladi: Oldin yutuq bilan qutlaymiz, -dedi yigitga yaqinlashib qiz. O`zlaridan so`rasak, qalay-siz? (O.) Turli uslubiy talablar bilan boshqa shaxslar ham o`zaro o`rin almashtirib ishlataveradilar.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling