Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
So`z va morfema
So`zning tarkibini grammatik jihatdan tekshirganimizda, unda ma'lum ma'no anglatadigan qismlarni, bu qismlarning o`zaro bog`langanligini ko`ramiz. So`zning bo`linmas, eng kichik ma’noli qismi morfema deb ataladi. Tovush va ma'noning bir butunligidan iborat bo`lish, ma'no anglatish xususiyati so`zda ham, morfemada ham bor, lekin bular bir qancha belgilariga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Ya'ni morfema va so`z bir hodisa emas. Bular orasidagi farqlar quyidagilar: 1. So`z morfemalarga bo`linadi. 2. Nutqda boshqa so`zlar bilan munosabatga kirishadi. 3. Gap bo`lagi vazifasida kelish xususiyatiga ega. 4. Morfema nutqda mustaqil qo`llanmaydi. 5. Morfema so`z tarkibidagina yashaydi. 6. Ma'noli qismlarga bo`linmaydi. So`zning morfem tarkibi uni tashkil etuvchi morfemalar yig`indisidir. So`z birgina morfemadan iborat bo`lishi mumkin: kuz, muz, oyoq, bir, sakkiz, gul. Bir morfemali so`zlar faqat o`zakdangina iborat bo`lib, odatda, tub so`z sanaladi. Eng sodda morfem tarkibli so`zlar tub so`zlardir: tosh, bosh, qosh. Hamma yasama so`zlar kamida ikki morfemadan tashkil topadi: yoz+gi, jon+siz, sev+gi. Turli xil qo`shimchalar vositasida hosil qilingan so`zlar yasama so`zlar deyiladi: bola+li, aql+li, ish+chi. Morfemalar vazifasiga ko`ra so`z yasalishiga ham, so`z o`zgarishiga ham aloqadordir. Qo`shimchalarni so`z yasovchi qo`shimchalar (derivasion) va so`z o`zgartiruvchi (relyatsion) affkslar tusidagi tasnifi shu holatga asoslandi. So`zning morfologik strukturasidagi shartlangan va erkin o`zaklar atamasi faqat o`zlashma so`zlarga tegishlidir. Tilda faqat qo`shimchalar bilan birgalikda ishlatiladigan o`zaklar shartli (bog`li) o`zaklar deyiladi: fash+shizm, fash+ist, ko`r+k+li, ate+ist. Erkin o`zaklar qo`shimchalarsiz boshqa morfemalar bilan birlashmagan holda ham mustaqil ishlatiladi: mashina, vagon: mashina+li, vagon+cha, mashina+soz, vagon+chi, vagon+li. Rus tilidan o`zbek tiliga qabul qilingan ko`pgina qo`shma va qisqartma so`zlar ham rus tilidagidek, morfemalarga ajratiladi: radio+sentr, ped+institut, mikro+rayon, avto+vokzal, avia+pochta. So`zlarning morfem tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasini aniq chegaralay bilish kerak. So`zning morfematik tarkibi o`zgarib turadigan hodisadir. Masalan, hozirgi o`zbek tilidagi qovurg`a, qachon, yaproq, bo`rsiq so`zlari ilgari morfemalarga ajratilgan: yap+moq, qay+choq, qop+ur+g`a (-g`a ot yasovchi). Bu so`zlar hozirgi o`zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi. Qismlarga ajraladigan, so`zlaning davrlar o`tishi bilan qismlarga ajratilmaydigan so`zlarga aylanishi soddalanish deyiladi: ich+ak (kichraytish), yur+ak (ot yasovchi), bo`y+in (kichraytish), bugun, sakson. So`z morfematik tarkibining o`zgarishidagi ikkinchi xil ko`rinish qayta bo`linishidir. Uning mohiyati shundaki, ma'lum bir so`z ilgari bir xil qismlarga bo`lingan bo`lsa, hozir undan farqli ravishda, qismlarga boshqacha bo`linadi: insoniyat so`zi birinchi davrda uch qismga bo`linadi: inson-o`zak, -iy va -at qo`shimchalari mavjud bo`lgan bo`lsa ham, hozir "insoniy" holati ishlatilmaydi. Yana chog`ishtiring: ular: ul+ar, u+lar. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling