Щозирги ызбек адабий тили


Grammatik shakl (so`z formasi)


Download 0.6 Mb.
bet14/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Grammatik shakl (so`z formasi)
So`zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli (ko`rinishi) so`zning grammatik formasi deyiladi.
Grammatik ma'no aytib o`tganimizdek, rang barang usullar bilan ifodalanadi. O`zbek tilida, jumladan, grammatik ma'nolar quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
1. Affiksatsiya.
2. Yordamchi so`zlar.
3. So`z tartibi.
4. Takror.
5. Ohang.
6. Juftlash.
7. Ichki fleksiya.
8. Urg`u.
9. Suppletivizm.
Biz bu usullarni tilimizda tarqalganlik doirasiga ko`ra joylashtirdik. Usullar mohiyati sizga "Tilshunoslikka kirish" kursidan ma'lum.
1. Affiksatsiya tilimizda grammatik ma'noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo`lib, tilimizga xos bo`lgan grammatik ma'nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir bo`lish usuli), bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl-zamon, shaxs-son affikslar-qo`shimchalar yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida, asosan, suffikslar, ya'ni o`zak yoki asosdan keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator be-, bo-, ser-, no-, ba- kabi prefikslar-o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan. Lug`aviy shakl va aloqa- munosabat qo`shimchalari vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, o`nta kabi shakllar sintetik shakl sanaladi.
2. Yordamchi so`zlar. Bular ham grammatik ma'no-ifoda qilish uchun qo`llaniladi. Ko`makchi otlar, ma'nosi toraygan so`zlar bilan birga ketib, o`zi aloqador bo`lgan so`zni boshqa so`z bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz (A.Q.) – holat ma'nosi voqelangan; Telefon orqali gaplashdim – vosita ma'nosi voqelangan; Do`stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bolib kelgan (O`.U.) – atalgahlik ma'nosi voqelangan. O`zbek tilida yordamchi so`zlar juda katta guruhni tashkil etib, ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalarning yarim bog`lovchi, yarim ko`makchi, yarim yuklama kabi turlari mavjud bo`lib, bunday so`zlar ham mustaqil, ham yordamchi ma'noga ega. Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi.
Yordamchi so`zlar sifatida o`zbek tilida juda, eng, bag`oyat, nihoyatda, o`ta, sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, bernoq, qolmoq, o`tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bolmoq kabi 40 dan ortiq fe'llar ham keng qo`llaniladi. Yordamchi so`zlar vositasida yasalgan shakllar analitik shakllar deb ataladi. Tilimizda juda ko`p holatlarda ayni bir grammatik ma'no sintetik shakl bilan ham, analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam uchun / akamga deb / akamga atab / akamga mo`ljallab / ...) oldim.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling