Щозирги ызбек адабий тили
Kompozitsiya yo`li bilan sifat yasash
Download 0,6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’l yasalishi
Kompozitsiya yo`li bilan sifat yasash
Kompozitsiya usuli bilan qo`shma sifatlar hosil qilish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Qo`shma sifat hosil qilishda ikki va undan ortiq komponent semantik va grammatik jihatdan biriktiriladi. Tarkibiga ko`ra bunday sifatlar quyidagilarga bo`linadi: 1. Ikki sifatdan tarkib topgan bo`ladi: olachipor, och sariq, to`q qizil. 2. Sifat va otdan: ochko`z, qimmatbaho, sheryurak. 3. Ot yoki ravish va sifatdoshdan tashkil topgan: tinchliksevar, tezpishar. 4. Ot va aro so`zidan tarkib topadi: xalqaro, shaharlararo. Qo`shma sifatlar bilan sifatlovchi birikmalarni farqlash lozim. Bunda sifatning predmet belgisini bildirishini asosga olish bilan birga, uning grammatik belgisini ham hisobga olish kerak. Masalan: ko`k muqovali kitob gapida «ko`k muqovali» qo`shma sifat emas. Chunki bu birikma komponentlari o`zaro aniqlovchi aniqlanmishlik munosabatini saqlagan. Ya'ni ko`k muqovali kitob deganda, ko`k va muqova so`zlari o`z mustaqil ma'nosini saqlaganligi ko`rinadi. Qora telpakli yigit, oq soqolli kishi, o`rta ma'lumotli qiz, besh qavatli bino birikmalari tarkibidagi so`zlarni almashtirish mumkin. Qo`shma sifatlarda bunday qilib bo`lmaydi. Ikkinchidan, qo`shma sifatlar sodda sifatlar singari darajalana oladi: kaltafahm, kaltafahmroq, eng kaltafahm. Umuman, -li qo`shimchasini olgan birikmalar qo`shma sifat emas. Ba'zan pauzani o`zgartish orqali -li qo`shimchasini olgan birikmalarning o`zaro aloqasini o`zgartirish mo`mkin: uch bolali ayol, sakkizta fonarli uy. Fe’l yasalishi Fe'llar o`ziga xos yasalish sistemasiga ega. Tilimizdagi fe'llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Yasash asosiga qo`shilib -la, -lan, -lash, -lashtir, -(a)y kabi affikslar mahsuldor bo`lib, juda ko`p miqdorda fe`l yasashga xizmat qiladi. 1.-la affiksi quyidagi qoliplarda yangi so`z hosil qiladi: [otla]-ishla, gulla, tuzla, bog`la; [sifatla]-qorala, tekisla, tezla, tozala; [ravishla]-qaytala, hozirla....; [olmoshla]-sizla, senla; [taqlidla]-gumburla, dukrula....; [undovla]-dodla, voyvoyla, tufla.... 2. -lan, -lash, -lashtir kabi murakkab affikslar- [ot, sifat, sonlan]-zavqlan, ajablan, ikkilan....; [ot, sifat, sonlash]-salomlash, tezlash, birlash....: [otlashtir]- rejalashtir(moq), gazlashtir(moq), ekranlashtir(moq)... -turli ma'nolarga ega bo`lgan fe'llar yasaydi. Yuqorida ko`rsatilgan affikslar orqali yasalgan fe'llarni ma`no jihatidan guruhlash mushkul, chunki tilimizdagi ovqatlanmoq, kasallanmoq, foydalanmoq, to`lqinlanmoq, ahdlashmoq, qiyinlashmoq, oydinlashmoq kabi yuzlab fe'llarning har biri rang-barang ma`nolarni o`zida voqelantiradi. 3. -rar, -yay affikslari [sifatrar], [ot, sifatyay] qolipida biror belgini qabul qilish ma`nosini ifodalalovchi fe'llar yasaydi. Chunochi, qisqar(moq), pasay(moq), toray(moq), kuchay(moq).... 4. Fe'l yasovchi -a,-illa,-sira,-kik,-qiq,-ira,-i kabilar kamunum affikslar sanaladi va [ot, sifat, taqlida]–sana, o`yna, qiyna, ata, bo`sha, shildira, yiltira; [taqlid illa]-chirsilla, chirqilla, mo`ltilla, guvulla, likilla; [ot, olmoshsira]-suvsira, gumonsira, hadiksira, sensira, manmansira, sizsira; [ot, sifat, sonkik]-ko`zik(moq), kechik(moq), birik(moq); [sifatqiq]-zo`riq(moq), zoriq(moq); [taqlid ira]-yaltira, miltira, qaltira; [ot, sifati]-changi(moq), boyi(moq), tinchi(moq) qolipidagi fe'llarni yasashga xizmat qiladi. Affiksatsiya usuli bilan fe'l yasalmaydi. Kompozitsiya usuli bilan, ma`lumki, [fe'lfe'l]-olib bermoq, aytib ketmoq, sotib bermoq, olib qochmoq, sakrab turmoq; [otfe'l]-ta`zim qilmoq, bashorat qilmoq, isbot etmoq, kasal bo`lmoq, fikr qilmoq, zikr etmoq; [sifatfe'l]-xursand bo`lmoq, shod etmoq, xafa qilmoq, obod qilmoq, juft bo`lmoq, zada bo`lmoq kabi qo`shma fe'llar yasaladi. Download 0,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling