Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet15/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

3. Takror (reduplikatsiya) - bir so`zni aynan ikki marta takrorlash sanalib, bunda ham turli grammatik ma'nolar hosil qilinadi: predmetning ko`pligi, belgining oshirilishi, ma'noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. Chunonchi,
etak-etak paxta- miqdoriy ko`plik;
ayta- ayta charchamoq- harakat davomiyligi.
Tilimizda bu usulning to`liq takror (etak- etak paxla) va qisman takror (qip- qizil, ko`m- ko`k, yam-yashil) va tilimizgagina xos bo`lib, fanda "sadodosh takror" (slovo-exo) deb atalgan ko`rinishi ham keng tarqalgan (mayda-chuyda, she'r-pe'r, kitob-mitob, ko`k-mo`k, qizil-pizil).
4. So`z tartibi - grammatik ma'no anglatishning yana bir vositasi. So`zlarning gapda ma'lum tartibda oldinma - keyin joylashtirilishi ham grammatik ma'no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba'zan shu vosita orqali so`zning qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. Masalan, bunday holatlar xususan poetik nutqda keng uchraydi. So`z tartibi so`z birikmalari hosil qilishda yetakchi omillardan biri sanaladi. Chunonchi, keng dalalar (so`z birikmasi) - Dalalar keng (gap). So`z tartibi grammatik omili nutqda hamisha ohang bilan birga ish ko`radi. Shuning uchun yuqoridagi hosilalarning ohangi bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunonchi, bir, ikki kitob va bir- ikki kitob birikmalarining ohangi har xildir.
5. Ohang ham grammatik ma'no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita yordamida
a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon topshirdi? Imtihon topshirdi!
b) gap bo`laklarini ajratish mumkin:
Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim keldi! Gulnora singlim keldi. Birinchi gapda "Gulnora "va "singlim" so`zlari uyushib kelgan bo`lsa, ikkinchi gapda "Gulnora" so`zi undalma vazifasida kelgan, uchinchi gapda esa ism ma'nosida kelgan. Ohangning so`z tartibi, so`zlarni bir-biriga bog`lash bilan uzviy aloqa­dor­likda voqelanishini takroran eslatib o`tish joiz. Yuqoridagilar buning yorqin dalilidir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling