Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet23/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Ot, otning lug'aviy ma'no guruhlari, atoqli ot, turdosh ot, aniq ot, mavhum ot, shaxs otlari, hayvon nomlari, o'simlik nomlari, o'rin-oy nomlari, modda ma'dan nomlari

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Ot nima?
2. Otning qanday ma'no turlari bor?
3. Turdosh ot deb nimaga aytiladi?
4. Atoqli ot deb nimaga aytiladi?
5. Otning qanday grammatik kategoriyalari bor?
6. Son kategoriyasining umumiy ma'nosi nima?
7. –lar shaklining umumiy va xususiy grammatik ma'nolari nimadan iborat?
8. Tub shakl qanday ma'nolarni ifodalaydi?
9. Son kategoriyasida tejamkorlik nimada namoyon bo'ladi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Зикриллаев /.Н. Ызбек тили морфологияси. Бухоро. 1994.
3. Abuzalova M.K. Hozirgi o'zbek tili. Buxoro. 2004.
4. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.

7-mavzu. EGALIK KATEGORIYASI

REJA:


1. Egalik kategoriyasi shakllarining yasalishi.
2. Egalik kategoriyasining sintaktik xususiyati.
3. Egalik kategoriyasining ma’noviy xususiyati.

Predmetning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini anglatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifoda qiluvchi formalar sistemasi egalik kategoriyasidir.


Egalik kategoriyasi qarashlilikni, ya'ni bir predmetning ma'lum shaxsga yoki predmetga tegishli ekanligini ko`rsatadi. Qarashlilik uch shaxsga, birlik hamda ko`plikka ko`ra ifodalanadi. Masalan, kitobim, kitobing, kitobi, kitobimiz, kitobingiz kitoblari.
Egalik kategoriyasining asosiy qo`shimchalari quyidagilar:



Shaxs

Birlik

Ko`plik

I
II
III

-m (-im)
-ng (-ng)
-si (-i)

-miz (-imiz)
-ingiz (-ingiz)
-si (-i)

So`z o`zaklarining unli yoki undosh tovush bilan bitishiga ko`ra egalik qo`shimchalari turli variantlarda qo`shilaveradi. Ammo singlisi, birisi so`zlarida egalik qo`shimchasi ikki marta qo`shilgan deb tasavvur qilinadi. Lekin aslida bunday emas. Bu so`zlardagi "i" fonemasi tutashtiruvchi funksiyani bajaruvchi "i" tovushidir. Hozirgi tilimizda so`z material strukturasining qayta bo`linishi qonuniyati asosida "i" tovushi o`zak tarkibiga o`tgan. Natijada, singil o`zagining ikkinchi varianti singli shakllangan. Bunga egalik affiksi -si formasida qo`shilgan.


Egalik qo`shimchalari o`zbek tilida ikki ma'nolidir, ya'ni ham shaxs, ham son ma'nosini ifoda etadi: ruchkamiz — I shaxs, ko`plik, ruchkam — I shaxs, birlik.
Ma'no talabiga ko`ra qaratqich ham qaralmish qam birlikda (mening kitobim), qaralmish esa ko`plikda, qaratqich esa birlikda (mening kitoblarim), qaratqich ko`plikda, qaralmish birlikda (bizning kitobimiz), qaralmish ham qaratqich ham ko`plikda kela oladi (bizning kitoblarimiz).
Stilistik maqsadlarga ko`ra II shaxs egalik formasining birligi shu shaxsning ko`pligi uchun (senlarning kitobing), ko`plik formasi esa birlik uchun (sizning dadangiz) qo`llanishi mumkin. Bunda hurmat, kesatish ma'nolari ifodalanadi.
O`zakka egalik qo`shimchalari qo`shilganda, turli fonetik hodisalar ro`y beradi:
1) o`zak tarkibidagi ikkinchi "i" va "u" tor unlilari tushib qoladi: og`iz+im — og`zim, bo`yin+im — bo`ynim.
2) o`zak oxiridagi k, q jarangsiz undoshlari jaranglilashadi: o`rtoq+im — o`rtog`im, eshik+im — eshigim. Lekin ittifoq, idrok kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda, o`zakda o`zgarish yuzi bermaydi.
3) shahar so`ziga egalik qo`shimchasi qo`shilganda, ikkinchi bo`g`indagi "a" unlisi tushib qolishi ham, saqlanishi ham mumkin shaharim yoki shahrim.
Egalik qo`shimchalari uyushiq bo`lakli har bir so`zga alohida-alohida qo`shilishi mumkin: O`qituvchilarimiz, studentlarimiz ko`makka chiqdi. Xuddi shuningdek, bir butun holda qo`llanadigani konstruksiyalarga ham qo`shilib kelishi mumkin: O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashimiz qarori.
Egalik qo`shimchalarini kesimlik qo`shimchalaridan farqlash lozim. Egalik qo`shimchalari otlarga qo`shiladi, kesimlik qo`shimchalari esa fe'llarga qo`shilib keladi. Chog`ishtiring kitobim — o`qidim, kitobing — yozing kabi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling