Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet26/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Tushum kelishigi
Tushum kelishigidagi ot ish - harakatni o`z ustiga olgan predmetni anglatadi. Tushum kelishigining qo`shimchasi -ni, so`rog`i , kimni? nimani? qayerni? Gapda vositasiz to`ldiruvchi bo`lib keladi: Samadni, oshni, Buxoroni.
Poeziyada bu forma -n shaklda ishlatiladi:
Olmazorlar gulin to`kadi,
Meva bog`lab shoxin bukadi. (H.O.).
Jonli tilda, shevalarda -ni qo`shimchasi -i, -ti, -di shaklida ham qo`llanadi: Adl qulog`i-la eshit holimi. (Muqimiy). Oshti ichdi, nondi yedi.
Tushum kelishigi belgili va belgisiz ishlatiladi. Kelishik qo`shimchasi -ni saqlansa, belgili, -ni tushib qolsa, belgisiz hisoblanadi.
Quyidagi hollarda tushum kelishigi belgili qo`llaniladi:
1. Tushum kelishigidagi so`z atoqli otlardan bo`lganda: Azizning bu taklifi Nafisani o`ylatib qo`ydi. (H.G`.). Saodatni chaqirdi.
2. Tushum kelishigidagi so`z kishilik yoki ko`rsatish olmoshi bo`lganda: Meni chegaraga yuborishdi. Uni ko`rdi.
3. Tushum kelishigi payt bildiruvchi so`z bo`lganida: Erkin yozni qanday o`tkazganini so`zladi.
4. Tushum kelishigidagi so`z otlashgan so`zlardan bo`lganida: Yaxshini maqtagan yarashur, yomonni maqtagan adashur. (Maqol).
5. Tushum kelishigidagi so`z harakat nomi bo`lganida: Yaxshisi bu uchrashuvni tezlashtirish kerak. (H.G`.).
6. Egalik qo`shimchasini olib kelganda: Yo`lchi titroq qo`llari bilan Gulnorning sochlarini asta siladi. (O.) va h.k.
Tushum kelishigidagi so`z, asosan, bir turdagi predmetni ifoda qilib, uni ta'kidlash lozim topilmaganida belgisiz qo`llanadi: Navoiy yangidan-yangi tanishlar, do`stlar orttira bordi. (I.Sulton).


Chiqish kelishigi
Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini, shuningdek, ob'yekt, manba, payt, sabab, qiyoslash ma'nosini ifoda etadi. Chiqish kelishigining morfologik belgisi -dan, so`rog`i kimdan? nimadan? qayerdan? Masalan, Dehqonlardan ko`nglimiz to`q. Bulbul shodligidan sayrab yubordi. Men Sharqdan kelayotirman. Chiqish kelishigi qo`shimchasi shevalarda, yozma yodgorliklarda
-din, -tin, -tan, -nan shakllarida uchraydi:
Deyin so`z ilmning xosiyatidin,
Bayon aylab, aning mohiyatidin. (Furqat).
Kavokib sayrini shab to sahar, bedor o`landan so`r. (Fuzuliy).
Chiqish kelishigi (umuman makon kelishiklari) ko`rsatish olmoshlariga qo`shilganda bir -n tovush orttiriladi: shundan, shunga, shunda kabi.
Chiqish kelishigi formasi, asosan, quyidagi grammatik ma'nolarni anglatadi:
1. Harakatning boshlanish manbaini bildiradi: uydan chiqdi; Gulnoraning o`zidan so`rab ko`ramiz.
2. Harakatning boshlanish paytini bildiradi: Kundan-kun yaxshi, uch oydan.
3. Predmetning nimadan ishlanganligini bildiradi: Nizomiy bolidan halvo pishirdim. (N.)
4. Qiyoslash ma'nosini anglatadi: asal qanddan shirin.
5. Chiqish kelishigi qaratqich kelishigi vazifasida kelib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`lib, to`dadan birini ifoda qiladi: soldatlardan biri.
Chiqish kelishigi deyarli belgisiz qo`llanilmaydi. Uyushiq bo`lakli gaplarda oxirgi bo`lakka qo`shilib, yaxlitlovchi forma vazifasini bajaradi: Bog`lar, tokzorlar va polizlardan xushbo`ylik anqirdi.
Chiqish kelishigidagi so`z gapda to`ldiruvchi: Xolmatdan xabar bormi? Hol: Bir nafasdan so`ng uchovlon bog`chadan chiqdilar. Chiqish kelishigidagi so`zlar kesim bo`lib kelganda -mi yuklamasi, tuslovchi qo`shimchalarni olib kelishi mumkin: Bolam, qurilishdanmisizlar, deyman. (A.Q.)
Chiqish kelishigi ma'lum so`zlar, tarkibida qotib, kelishik sistemasidan chiqib qolishi ham mumkin. Bunda: a)ravish hosil bo`ladi: birdan, zimdan, to`satdan, b) modal so`z hosil bo`ladi: aftidan, ehtimoldan, v) ko`makchi hosil bo`ladi: yuzasidan, orqasidan kabi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling