Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet27/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Jo`nalish kelishigi
Jo`nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo`nalgan predmetni anglatadi. Bu kelishikning morfologik belgisi: -ga, -ka, -qa: ishga, stanokka, barakka, boqqa.
Jo`nalish kelishigi poeziyada va so`zlashuv nutqida -a, -ya formalarida uchraydi: Dugonajon dugona, chehrang zebi - zebona, ovoz qilib haryona, bizlarni, ey dugona, chaqirdingmi buyona. (V.Sa'dulla). O`lkadan o`lkaya yel kabi yursam. (S.A.).
Jo`nalish kelishigi formasi quyidagi grammatik ma'nolarni ifodalaydi:
1. Ish-harakat yo`nalgan shaxs, predmet yoki tomon kabi ma'nolarni ifodalaydi: Qari va kasal kishilarga har vaqt yordam berish kerak. Dilda bo`lsa, tilga chiqadi. (Maqol). Men Toshkentga ketaman.
2. Atalganlik ma'nosini bildiradi: Yosh qalbimiz alangasi — Vatanga. Bor mehrim Oysuluvga hadya, — dedi Ergash ("Saodat").
3. Sabab yoki maqsadni bildiradi: Plan bajarilganiga xursandmiz.
4. Vaqt ma'nosini anglatadi: Ekskursiya yozga qoldirildi va h.k. Jo`nalish kelishigi formasi ko`makchilar bilan sinonimlik tashkil qila oladi: ukamga oldim — ukam uchun oldim.
Jo`nalish kelishigi ba'zi hollarda chiqish, o`rin-payt va tushum kelishigi funksiyalarida ham keladi: Biz hashamatli bino oldiga (oldida) to`plandik. Bu voqealarga (voqealarni) tushuna olmadim. Bo`lgan voqealarni aytib berishga (berishdan) uyaldik. Bular nutqda parallel holda qo`llanaveradi.
Jo`nalish kelishigidagi ot gapda: a) vositali to`ldiruvchi: Dildora Nafisaning chaqnoq ko`zlariga havaslanib boqdi. b) O`rin holi: Abdulla tushga yaqin Mingbuloqqa yetib keldi. (O`.Umarbekov)
Jo`nalish kelishigi formasi ayrim ravish va modal so`zlar tarkibida qotib qolgandir: Eshon bilan birga, nafsambiriga.


O`rin kelishigi
O`rin kelishigi ish-harakatning bajarilish o`rnini, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadi kabi ma'nolarni ifodalaydi. Formasi -da, so`rog`i kimda? nimada? qayerda? Masalan, uyda, bahorda, issiqda.
Bu kelishik quyidagi grammatik ma'nolarni ifodalaydi:
1. Predmet va harakatning o`rnini bildiradi: daryoda yashaydi, dalada o`sadi.
2. Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Bolalik kunlarimda uyqusiz tunlarimda. (H.O.).
3. Bir vaqtning o`zida ish-harakatning ham bajarilish o`rnini, ham paytini ifodalaydi: O`roqchilar ko`tarar qiy-chuv
To`yda kelin kelgan singari. (O.)
4. Vosita ma'nosini bildiradi: Ipak parashyutda qilamiz parvoz. (U.) Payt ma'nosini ifodalaganda, ba'zan o`rin kelishigi belgisiz qo`llanadi: Dehqon bo`lsang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda. (Maqol)
Kelishik formasidagi so`zlar nutqda keng qo`llanadi. Ularning salmog`i nutqda qo`llanadigan umumiy so`zlarning 40-45 %ini tashkil qiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling