Щозирги ызбек адабий тили
Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 8-mavzu. KELISHIK KATEGORIYASI
Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:Egalik kategoriyasi, qarashlilik ma'nosi, sintaktik aloqa, shaxs, son, hurmat ma'nolari, egalik kategoriyasi va tejamkorlik. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:1. Egalik shakllari qanday qo'shimchalar bilan hosil bo'ladi? 2. Egalik qo'shimchalarining imlosini tushuntiring. 3. Egalik qo'shimchalari qanday ma'nolarni ifodalaydi? 4. Egalik shakllarining sintaktik xususiyati nimadan iborat? 5. Nima uchun egalik kategoriyasi murakkab kategoriya hisoblanadi? 6. Egalik kategoriyasida tejamkorlik nimada namoyon bo'ladi? Adabiyotlar:1. Дмитриев Н.К. Категория принадлежности. ИСГТЯ II. Москва. 1956. 2. Зикриллаев /. Ызбек тили морфологияси. Бухоро. 1994. 3. Менглиев Б. Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатщлараро муносабатлар. ДДА, Тошкент. 2002. 4. Нигматов Х. Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI-XII вв. Ташкент. 1989. 5. Ызбек тили грамматикаси. 1 том. Тошкент. 1975. 8-mavzu. KELISHIK KATEGORIYASIREJA:1. Kelishik kategoriyasining mohiyati. 2. Kelishik shakllarining yasalishi. 3. Kelishik shakllarining sintaktik xususiyati va ma’nosi. Ot yoki otlashgan so`zlarga qo`shilib, sintaktik munosabati ko`rsatish uchun xizmat qiladigan grammatik formalar sistemasiga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi olti grammatik ma'no yoki kelishilikni birlashtiradi: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo`nalish kelishigi, o`rin kelishigi (o`rin-payt kelishigi emas. Chunki payt ma'nosi uchala kelishikda ham bor), chiqish kelishigi. Kelishiklar ifoda qiladigan munosabatlarning umumlashgan ma'nosi so`zlar paradigmasida emas, so`z birikmasida shakllanadi, ya'ni bunday ma'nolar sintagmatik xarakterda bo`ladi. Otlarning kelishik formalari bilan o`zgarishi turlanish, kelishik qo`shimchalarini turlovchi qo`shimchalar deb yuritiladi.
Ko`rinadiki, har bir kelishikning o`z formasi, ma'nosi va sintaktik vazifasi bor. Masalan, jo`nalish kelishigi ot, olmosh, son va otlashgan so`zlarga qo`shilib, ot bilan fe'l orasidagi sintaktik munosabatni ko`rsatadi. Uning asosiy ma'nosi harakatning yo`nalish o`rnini bildirishdir. Bundan tashqari, payt, atash, sabab, maqsad ma'nolarini ham ifoda etadi. O`zbek tilida otlarning boshqa biror so`zga grammatik aloqasi ko`makchilar orqali ham ifoda etilishi mumkin: pichoqda kesdi — pichoq bilan kesdi. Telefonda gaplashdi — telefon orqali gaplashdi. Bu hol nutqda kelishikli va ko`makchili konstruksiyalar sinonimiyasini yuzaga keltiradi: onamga oldim — onam uchun oldim kabi. Kelishik qo`shimchalari so`zga son va egalik (agar ular bo`lsa) formalaridan keyin qo`shiladi: kitoblarimga. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling