Щозирги ызбек адабий тили


Otning grammatik kategoriyalari


Download 0.6 Mb.
bet22/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Otning grammatik kategoriyalari
Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son, 2) egalik, 3) kelishik kategoriyasi.
Son kategoriyasi
Otlarning birlik va ko`plik shaklda ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi.
Grammatik son va logik son, odatda, o`zaro mos kelavermaydi. Jumladan, turdosh otlar aslida bittadan ko`p bo`lgan predmetning nomidir. Bir turdosh ot o`rni bilan bir predmetni, o`rni bilan ko`p predmetni ifoda qilishi mumkin. Masalan: Maktab tajriba uchastkasiga olma ekdik. Bunda olma situatsiya va kontekstga qarab bir olma ko`chatini ham, ko`p olma ko`chatini ham ifoda etishi mumkin. Bu uning semantik belgisiga bog`liq. Lekin bu otlar yakka yoki ko`p predmetlarni anglatishdan qat'i nazar, son kategoriyasining aynan bir formasidir. Demak, logik son bilan grammatik son teng emas.
Son kategoriyasining ikki formasi: -lar qo`shimchasi bilan yasaluvchi formasi va shunga oppozitsiya shaklida bo`lgan nol ko`rsatkichli formasi bor.
Birlik formadagi otlar bir jinsdagi predmetlarning bittasini anglatadi. Nol ko`rsatkichli forma birlikdadir. Masalan, shahar, odam, daftar, bo`r.
Lekin ba'zi otlar birlik formada bo`lib, ayrim predmetlarning to`dasini anglatadi: xalq, armiya, olomon. Bu ko`plikning semantik usuli bilan ifodalanishi deb yuritiladi. Bu otlar grammatik jihatdan birlik deb qaraladi.
Otlarning ko`plik formasi ikki va undan ortiq predmetlarning noaniq miqdorini bildiradi. Bu forma -lar qo`shimchasi orqali hosil bo`ladi: shaharlar, kitoblar, odamlar. Ko`plikning bunday ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalanish deyiladi.
O`zbek tilida otning son formasi (birlik va ko`plik) sintaktik munosabat ko`rsatmaydi.
Son formalarida kelish jihatdam otlar ikki turga bo`linadi:
1. Birlik va ko`plik formaga ega bo`lgan otlar.
2. Faqat birlik formaga ega bo`lgan otlar.
Sanash mumkin bo`lgan predmetlarning hammasi birlik va ko`plik formada kela oladi. Bunday otlar o`zlariga sanoq sonlarni birkitirib kela oladilar.
Otlarning faqat birlik formada qo`llanishi, asosan, donalab sanash mumkin bo`lmagan predmetlarga xosdir. Bular quyidagilar:
1. Abstrakt otlar ko`plik affiksini olmaydi: muhabbat, mardlik, o`qituvchilik.
2. Sanash mumkin bo`lmay, faqat o`lchanadigan jismlarni anglatadigan otlar: tuz, yog`, asal, neft, uzum, choy. Bunday otlarga -lar qo`shilganda, ularning turi anglashiladi.
3. Organizmdagi juft organlarni, shuningdek, juft predmetlarni bildiruvchi otlar: qo`l, ko`z, etik, kalish. Bu otlarga -lar qo`shimchasi qo`shilganda, bo`linadigan ko`plikni bildiradi: o`ng va chap qo`l - qo`llar.
4. Aslida bittadan ortiq bo`lmaydigan predmetlarning nomi ham faqat birlikda ishlatiladi: yurak, til kabi.
5. Atoqli otlar ichida -lar qo`shimchasini oladiganlari ham, olmaydiganlari ham bor. Atoqli otlardan planeta va yulduz nomlari Quyosh, Mars kabilar -lar olmaydi. Farhodlar — Farhod ismi bir necha kishi ma'nosida ko`plik oladi. Qolgan hollarda -lar Farhodga o`xshagan bir necha kishi ma'nosini ifodalaydi. O`xshash ottenkali ko`plik.
Bulardan tashqari -lar ko`plikni emas, hurmat (dadamlar), chama (uch kilolar), kuchaytirish (balolarga qoldim), kengroq joy - tushunchasini (Mirzacho`llar) va boshqa ma'nolarni bildirib keladi.
Son kategoriyasi otdan boshqa turkumlarga ham xos.
Olmoshlarda: nima - nimalar, kim - kimlar, sizlar.
Sifatlar otlashganda: kattalar, oqlar, qizillar.
Son otlashganda: soat to`qqizlar.
Sifatdoshlar otlashganda: o`qiganlar hurmatda.
Tuslovchi tarkibida -lar ikki ma'noni ifodalaydi: 1) ko`plik ma'nosi: Odamlar bir - birlariga ko`mak beradilar, 2) hurmat (sizlash) ma'nosida: Sizni Xursand akam so`rab keldilar. Bu ayol onangiz bo`ladilarmi? (J.Abdullaxonov).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling