Щозирги ызбек адабий тили


Oyijonim tufligimni Doim moylab qo`yardi. Buvijonim


Download 0.6 Mb.
bet31/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Oyijonim tufligimni
Doim moylab qo`yardi.
Buvijonim papkam artib,
Erkalardi, suyardi.
Akajonim do`ppim qoqib,
Silar edi boshimni.
Opajonim dasturxonga
Keltirardi oshimni.
(A. Ko`chimov.)


Menga qarab kulgin, bolajon,
Ovunchog`im bo`lgin, bolajon.
(S. Olimova.)


-xon, -oy qo`shimchalari. Bular ham kishi ismini bildiruvchi otlarga qo`shilib, erkalash, hurmatlash ma'nosini bildiradi: Azizaxon, Halimaxon, Habibaxon kabi.
-jon qo`shimchasi erkaklarning, -xon, -oy esa xotin-qizlarning ismini bildiruvchi so`zlarga qo`shiladi.
E s l a t m a. -jon, -xon, -oy qo`shimchalari kishi ismining tarkibiy qismiga kirishi, uning ajralmas komponenti bo`lishi mumkin. Bunda erkalash, hurmatlash ma'nosi ifodalanmaydi: Mamajon Dadajonov, Rohatoy Mannonova, Onaxon, O`g`iloy, Nurxon kabi.
-(a)loq qo`shimchasi qiz, bo`ta kabi bir-ikki so`z tarkibida erkalash ma'nosida qo`llanadi: Ha, esimda, bo`taloq biram ko`lik, ko`zlari katta-katta... (O.)
Tol bargini sochiga
Taqib olgan qizaloq,
Do`stlariga juda ham
Yoqib qolgan qizaloq.
(S. Olimova.)
Qarashlilik formasi
Qarashlilik formasi -niki qo`shimchasi bilan yasaladi va predmetning -niki qo`shimchasi qo`shilgan so`z bildirgan shaxs yoki narsaga qarashliligini (tegishliligini) bildiradi: Bu kitoblar Rustamniki. Bu bog`lar kolxozniki.
-niki qo`shimchasi aslida qaratqich kelishigi ko`rsatkichi -ning va -ki qo`shimchalarining birikuvidan hosil bo`lgan: -ning+-ki>-niki. Lekin hozirgi o`zbek tilida uning qo`shma qo`shimchalik xususiyati yo`qolib, sodda qo`shimcha holiga kelgan.
Ma'lumki, otning egalik formasi ham qarashlilik, ya'ni uch shaxsdan biriga oidlikni bildiradi. Lekin qarashlilik formasi egalik formasidan ma'no jihatdan butunlay farq qiladi. Birinchidan, egalik formasi uch shaxsdan birini (I, II va III shaxsni) va shaxsning sonini ko`rsatadi. Qarashlilik formasi bunday xususiyatga ega emas. Qiyoslang: ruchkam (birinchi shaxs, birlik) — maktabniki (shaxs va shaxsning soni tushunchalari yo`q). Ikkinchidan, egalik formasi shu formadagi so`z bildirgan narsaning biror shaxs yoki narsaga qarashliligini bildiradi. Qarashlilik formasi esa boshqa biror narsaning -niki qo`shimchali so`z bildirgan shaxs yoki predmetga xosligini (tegishliligini) bildiradi. Qiyoslang: ukamning portfeli portfel ukamniki.
Egalik formasi bilan qarashlilik formasi ma'no va vazifasiga ko`ra bir-biridan tamomila farqli formalar bo`lganidan aynan bir so`z egalik va qarashlilik formasida qo`llanishi mumkin bo`ladi. Bunda egalik formasi ham o`z vazifasida, qarashlilik formasi ham o`z vazifasida bo`ladi: ukamniki, do`stingniki, kursdoshlarimizniki kabi.
Qarashlilik formasidagi so`z qarashli bo`lgan narsani bildiruvchi so`z bilan qo`llansa, hamma vaqt kesim vazifasida bo`ladi. Shu nokni ekkanda yarmi ko`chaniki, deb niyat qilganman. (L. Mahmudov.) Shahar militsiya otryadiga joylashib, Farg`ona harbiy okrugidagi o`z odamlarimiz bilan aloqa bog`lay olsang marra bizniki. (I. Sodiqov.)
Qarashli bo`lgan narsani bildiruvchi so`z nutqda qo`llanmasligi mumkin. Lekin u umumiy holatdan sezilib turadi. Shuning uchun qarashlilik formasi kesim vazifasida kelganda, qarashli predmetni bildiruvchi so`zni tiklash mumkin bo`ladi: kolxozniki (bu mashinalar kolxozniki), do`stimniki (bu kitob do`stimniki) kabi.
Agar qarashlilik formasidagi so`z kesim vazifasida bo`lmasa, qarashli (tegishli) bo`lgan narsani bildiruvchi so`zni qo`llab bo`lmaydi. Qarashli bo`lgan narsa nutq situatsiyasida ma'lum bo`lib turaveradi. Masalan: Tog`niki kech pishadi deyilganda, nimaning kech pishishi nutq situatsiyasida ma'lum bo`lib turadi. Lekin shu gapdagi so`zlarning formasini o`zgartirmagan holda, kech pishadigan narsani bildiruvchi so`zni qo`llab bo`lmaydi. Agar bu so`z qo`llansa, qarashlilik formasi o`rnida qaratqich-qaralmish birikmasi qo`llanadi: Tog`niki kech pishadi Tog`ning olmasi kech pishadi.
Qarashlilik formasidagi so`z bosh kelishikdan boshqa kelishik formalarida ham qo`llana oladi. Bunday hollarda ham qarashli bo`lgan narsani bildiruvchi so`z qo`llanmaydi. Agar bu so`z qo`llansa, qarashlilik formasi qaratqich-qaralmish tipidagi birikma bilan almashadi: Eshitishimcha, singlingnikiga bormay qo`yganmishsan. (I. Sodiqov.) Gapning umumiy mazmunidan tinglovchi shaxsning singlisining uyiga bormay qo`yganligi anglashiladi.
Ko`rinadiki, qarashli (tegishli) narsa juda aniq (ma'lum) bo`lib, uni nutqda ifodalash shart bo`lmasa, qarashlilik formasi (-niki qo`shimchali forma) qo`llanaveradi (nutq tejamkorligi prinsipi). Qarashli narsa nutqda ifodalanadigan bo`lsa, qarashlilik formasi faqat kesim pozitsiyasidagina kelib (kitob do`stimniki), gapning boshqa bo`laklari vazifasida qo`llana olmaydi. Bunday hollarda qaratqich-qaralmish tipidagi birikma ishlatiladi.
Qarashlilik formasi yasovchi -niki qo`shimchasi so`zga ko`plik, egalik, shuningdek, hurmat formasidan keyin, kelishik ko`rsatkichidan oldin qo`shiladi: studentlarnikini, do`stlarimiznikidan, akamlarnikida kabi: Lekin Adolatxon ayanikidan oyog`ini uzgani yo`q. (I. Sodiqov.)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling