Щозирги ызбек адабий тили


Qo`shimcha morfemalarning ayrim xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
bet3/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Qo`shimcha morfemalarning ayrim xususiyatlari
Qo`shimcha mustaqil qo`llanmaydigan, ammo o`zakka qo`shilib uning leksik va grammatik xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan har xil ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir.
Qo`shimchalar tashqi tomonlari, ma'nolari, vazifasi va qo`llanishi jihatidan bir qancha xususiyatga ega.
Qo`shimchalar tashqi tomondan fonetik strukturasiga ko`ra bir unli (tinch+i), bir undosh (tila+k, tuga+l), unli va undosh (daftar+im), undosh va unli (xato+si), undosh - unli -undosh (yaxshi+lik) va boshqalarga bo`linadi.
Qo`shimchalarning kelib chiqishi. Bu hodisa so`zlarning taraqqiyot yo`li bilan bog`liq.
1. Qo`shimcha mustaqil so`zdan kelib chiqqan (boradigan -borib turgan -turgan -digan; -dir2. Bir qo`shimchaning fonetik varianti bora-bora ma'no va vazifa jihatidan farqlanib ikki qo`shimcha tug`ilgan (-gan sifatdosh uchun, -qin ot va sifat uchun: qochqin, toshqin, qizg`in, yong`in).
3. Bir qo`shimchaning urchib, ikki qo`shimcha bo`lib ketishi kitobcha (kichik kitob), mingtacha (taxmin: -cha urg`usiz).
4. Qo`shimchalarning qo`shilishidan (-chilik: mo`lchilik, -garchilik: yog`ingarchilik). Ko`pgina qo`shimchalarning paydo bo`lish yo`llari hali aniq emas.
Boshqa tillardan ham qo`shimchalar olinadi (-zor, -bon, -don tojik tilidan olingan).
Prefikslar haqida. Qo`shimchalar o`zbek tilida suffiks xarakteridadir. O`zak ketiga qo`shiladi. Prefikslar boshqa tillardan kirgan (antifashist, beish, noto`g`ri kabi). Qop-qora, kap-katta kabi so`zlarning bosh qismi (kop, kap) prefiks emas. Ular aslida o`sha o`zakning bir qismining takrorlanishidir. O`zbek tilida infiks (o`zak ichiga qo`shiladigan qo`shimcha) yo`q. Demak, qo`llanish o`rniga ko`ra qo`shimchalar ikkiga bo`linadi: suffikslar va prefikslar.
Affiksoidlar. Ba'zi so`zlar qo`shimcha vazifasini bajarib, ergash morfemaga aylana boshlagan bo`lsa ham, hali qo`shimchaga aylanib yetmagan bo`ladi. Bular affiksoid sanaladi. Masalan, Bu uyda to`rt xona bor. Biz ishxonaga bordik. Misollardagi xona elementi o`rni bilan so`z bo`lib ham, qo`shimcha bo`lib ham qo`llangan. U bir o`rinda o`zak morfema, boshqa o`rinda ergash morfema. Keyingi holda o`rin bildiradigan qo`shimchaga juda yaqin. Chog`ishtiring: muzxona-muzlik, sartaroshxona-sartaroshlik. -jon, -xon, -oy elementlari ham xuddi shunday: jon qizlar-qizlarjon, jonim otam-otajonim kabi.
Qo`shimchalarning har biri o`ziga xos ma'noga ega: -chi so`z yasovchi, -lar ko`plik, -ga kelishik va h.k. Ammo ular bajaradigan vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1. So`z yasovchi qo`shimchalar.
2. Shakl yasovchi qo`shimchalar.
Yangi leksik ma'noli so`z hosil qiladigan qo`shimchalar so`z yasovchi qo`shimchalar deyiladi: ish+la, ish+chi, kurs+dosh.
So`z yasovchi qo`shimchalarning o`ziga xos xususiyatlari "So`z yasalishi" bobida batafsil bayon etiladi.
So`zning grammatik ma'nosini hosil qiluvchi qo`shimchalar shakl (forma) yasovchi qo`shimchalar deyiladi: gullarga so`zidagi -lar ko`plik ma'nosini, -ga kelishik (jo`nalish) ma'nosini hosil qilayotgan shakllardir. Ishlamayapti so`zida -ma inkor, -yap zamon, -ti shaxs -son ma'nolarini ifodalayapti.
So`z yasovchi qo`shimchalar so`zning material qismiga, leksik ma'no ifodalovchi qismiga kiradi. Shakl yasovchilar esa so`zning formal qismida bo`ladi:
Masalan: terimchilarga so`zida terimchi-material qism, -larga formal qism -so`z shakli hisoblanadi.
Shakl yasovchi qo`shimchalar asosiy xususiyatlariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1. Kategorial shaklni yasovchi qo`shimchalar.
2. Nokategorial shaklni yasovchi qo`shimchalar.
Ma'lum so`z turkumidagi biror grammatik kategoriyaga xos shakl yasash uchun xizmat qiladigan qo`shimchalar kategorial shakl yasovchi qo`shimchalar deyiladi: otlardagi ko`plik, egalik va kelishik shaklini yasovchi qo`shimchalar, fe'lning mayl, zamon shaxs -son shaklini yasovchi qo`shimchalar bunga misol bo`la oladi,
Grammatik kategoriyaga oid bo`lmagan ma'noni ifodalovchi, ma'lum sintaktik vazifaga xoslangan so`z shaklini hosil qiluvchi qo`shimchalar nokategorial shakl (funksional shakl) yasovchi qo`shimchalar deyiladi: otning kichraytirish, erkalash shakli, fe'lning sifatdosh, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi qo`shimchalar (-cha,
-choq, -chak, -ar, -ib).
Bu o`rinda so`zning morfema strukturasi va so`zning morfologik strukturasi tushunchalarini izohlash ham o`rinli. So`zning morfema strukturasi – so`zning morfemalardan iboratligi: ish+chi+lar.
So`zning morfologik strukturasi so`zning shakl yasalishi uchun asos bo`ladigan qism bilan shakl yasovchi qismdan iborat strukturasi: terimchi+lar, ishchi+ga, kitob+dan.
So`z tarkibi yoki so`z strukturasiga uch nuqtay nazardan yondashiladi:
1. Morfema strukturasi - necha morfemadan iborat: ish+chi so`zi ikki morfemali.
2. So`z yasalish strukturasi - yasalish asosi va yasovchi: ish+chi, terim+chi.
3. Shakl yasalish strukturasi yoki morfologik strukturasi -yasalish asosi va shakl yasovchi: ish+lar, ishchi+lar.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling