Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaratqich kelishigi
Bosh kelishik
Bosh kelishikdagi so`z kim? nima? qayer? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Bosh kelishikning maxsus ko`rsatkichi yo`q. Shuning uchun ham nol formali kelishik deb yuritiladi. Bosh kelishik boshqa kelishiklarni hosil qilishda asos bo`ladi. Bosh kelishikda kelgan otlar gapda quyidagi vazifalarda keladi: 1. Ega vazifasida: Toshkent — non shahri. O`rik oppoq bo`lib gulladi. Saida majlisni ochdi. (A.Qahhor). 2. Kesim vazifasida: Navoiy — buyuk shoir. Kishi va jamiyatni shakllantirgan narsa — mehnat. 3. Izohlovchi vazifasida: Daryodan o`tilgan kuni general Pogodin front Harbiy Sovetiga chaqirildi. (I.R.). 4. Hol vazifasida: Shu kuni Abdulla allamahalgacha xayol surib yotdi. (Umarbekov). 5. Undalama, atov gap vazifasida: Yoshlar, Vatanga sodiq bo`ling! Oy. Nozik jimjitlik. Salqin shamolgina qizning sochlari bilan o`ynashadi. (O.). Nutqda Farg`ona shahri, pedagogika instituti, o`zbek xalqi kabi konstruksiyalar -ning qo`shimchasini qabul qilmaydi. Shuning uchun ham ular bosh kelishik deb yuritiladi. Qaratqich kelishigi Biror predmetning biror shaxs yoki predmetga tegishli, qarashli ekanligini bildirgan kelishik qaratqich kelishik deyiladi. Qaratqich kelishigining morfologik belgisining. Kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladi: Alining kitobi, daraxtning bargi, Buxoroning aeroporti. Qaratqich kelishigidagi ot qaratqich bo`lib, odatda, boshqa biror so`zni o`ziga qaratib keladi. Qaratilgan so`z qaralmish bo`lib, egalik qo`shimchasini oladi: Cholg`uchilarning sadolari, qo`shiqchilarning kuylari havoda yangrab turardi. (O.). Qaratqich kelishigining turli morfologik variantlari bor. Ular quyidagilar: 1. Poeziyada -n shaklida: Ahdga vafo o`zbek xalqin udumi. (G`.G`.) 2. Jonli so`zlashuv nutqida -ni, -ri, -shi, -yi: Foydasi yo`q hozir gapirishni, bahorri, ishshi, soyyi kabi. 3. -ing varianti ham mavjud. Bu I va II shaxs kishilik olmoshlarining birlik formasiga qo`shiladi: men+ing, sen+ing kabi. 4. Klassik adabiyotda -im formasi ham bor: Menim orzum. Qaratqich kelishigi belgili va belgisiz formada ishlatiladil Belgili qaratqich kelishigi -ning qo`shimchasi bilan shakllanib, real qarashlilikni ifodalaydi: Olmaning guli, Lolaning sovg`asi. Qaratqich kelishigining qo`shimchasi tushib qolsa, qaratqich kelishigi belgisiz bo`ladi: Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. (Maqol). Belgisiz qaratqichda umumiy xoslik ifodalanadi: olma shoxi, cho`l qushlari. Qaratqich kelishigi quyidagi hollarda, albatta, belgili qo`llaniladi: 1. Olmosh qaratqich kelishigida kelganda: Uning yuziga qon yugurdi. (A.M.). 2. Otlashgan so`z (sifat, sifatdosh) qaratqich kelishigida kelganda: Yamasang yangi bo`lur, yangining tengi bo`lur. (Maqol). 3. Qaralmish otlashgan so`zlardan bo`lganda: Har narsaning yangisi yaxshi, do`stlikning eskisi. (Maqol). 4. Qaratqich bilan qaralmish orasida biror so`z bo`lsa: Quyoshning iliq nurlari sochildi. 5. Qaratqich qaralmishdan so`ng kelganda: Har bir guli bu chamanzorning. Jon bag`ishlar tiliga torning. 6. Butunning qismi anglashilganda: Yurakning yarasini faqat mehr tuzata oladi. (H.G`.) va boshqalar. Qaratqich kelishigi quyidagi hollarda belgisiz bo`ladi: 1. Qaratqich kelishigidagi ot abstrakt otlardan bo`lganda: Yaxshi did haqiqat yo`lidan boradi. 2. Qaralmish payt ma'nosidagi so`zlardan bo`lganda: Qoratepa guzari dam olish kunlari juda gavjum bo`ladi. (S.A.). 3. Qaratqich kelishigidagi so`zlar bir-biriga tobe holda, birin-ketin kelganda, eng so`nggisidan oldingilari belgisiz bo`ladi: Buxoro davlat universiteti, filologiya fakulteti 2- kurs studentlarining ilmiy munozarasi boshlandi. 4. Qaratqich qaratqich bilan birikkanda: Madaniyat rivojining birinchi sharti tinchlikdir. (A.N.Tolstoy). Qaratqich kelishigidagi so`z gapda qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi: Paxtakorlarning orzusi ushaldi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling