Щозирги ызбек адабий тили


Otning ma'noviy guruhlari


Download 0.6 Mb.
bet21/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Otning ma'noviy guruhlari
Otlarni ma'no jihatdan turlicha tasnif qilish mumkin. Bunda ot turkumiga kirgan so`zlarning grammatik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi semantik belgilar asosga olinadi.
Otlar quyidagi semantik xususiyatlarga ko`ra tasnif qilinadi:
1. Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko`ra.
2. Kim yoki nima so`zlariga bo`lgan munosabatiga ko`ra.
3. Sanalish yoki sanalmasligiga ko`ra.
Yuqorida qayd qilinganlarning birinchisiga ko`ra otlar ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo`linadi.


Atoqli ot
Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib ko`rsatuvchi otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi: Alisher, Rustam, Oybek.
2. Geografik nomlar: Buxoro, Volga, Pomir.
3. Turli tashkilot, korxona nomlari: "Kamolot" jamg`armasi, "Baqoyev" korxonasi.
4. Planeta va yulduzlarning nomlari: Yupiter, Mars, Hulkar.
5. Tarixiy hodisa, gazeta, jurnal nomlari: Vatan urushi, "O`zbekiston ovozi" gazetasi, «G`uliston» jurnali.
6. Hayvonlarga maxsus qo`yilgan nomlar: Boychibor, Haybar, Juchka.


Turdosh ot
Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar turdosh ot deyiladi: ishchi, gul, ruchka.
Atoqli va turdosh otlar faqat ma'no jihatdan farq qilib qolmay, o`ziga xos ba'zi grammatik xususiyatlarga ham ega. Masalan, atoqli otlar faqat birlik shaklda qo`llanadi. Agar ko`plik qo`shimchasini olsa grammatik ko`plik emas, boshqa ma'no ottenkalariga ega bo`ladi.
Ko`pchilik atoqli otlar turdosh otlardan, ma'lum qismi esa boshqa turkumga oid so`zlar asosida paydo bo`ladi: Arslon, Anor, Lola (turdosh otdan), O`tkir, Shirin (sifatdan), Tursun, To`xta (fe'ldan) kabi. Oz bo`lsa-da atoqli otning turdosh otga aylanishi uchraydi: rentgen (apparatning nomi), xosiyatxon (atlas nomi).
Turdosh otlar quyidagi belgilar asosida turlarga ajratiladi:
1. Ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra: aniq va mavhum otlarga bo`linadi.
Bevosita predmet anglatadigan otlar aniq (konkret) otlar deyiladi. Ular anglatgan predmetlarni bevosita ko`rish va sanash mumkin. Shuning uchun ham bunday otlar sanoq sonlar bilan sintaktik aloqaga kira oladi. Bundan tashqari sub'yektiv baho hamda ko`plik qo`shimchalarini olishi mumkin: daftar — beshta daftar, daftarcha, daftarlar.
Mavhum tushunchani ifoda qiluvchi otlar abstrakt otlar deyiladi. Bular mavhum belgi, xususiyat nomlari bo`lib, odatda, ko`plik qo`shimchasini olmaydi: sevgi, oqim, tuyg`u, yaxshilik. Ba'zan ko`plik formada qo`llanganda, ko`plik ma'nosi emas, qo`shimcha ma'no ottenkalari ifodalanadi: tuyg`u-tuyg`ular ma'no kuchaytirilgan.
Ko`ngulda quvonchlar, egnimda sarpo.
Sharaflar tongidir har ish jobajo.
Ulug` kun bayrami — tinchlik bayrami. (G`.G`.)
Mavhum otlarni quyidagi leksik - semantik gruppalarga bo`lish mumkin:
1. Turli his-tuyg`u, sezgi, kayfiyatni bildiradi: sevgi, hayajon, qayg`u,
2. Shaxs va predmetlarga xos bo`lgan belgi xususiyatlarni bildiradi: mardlik, odamgarchilik.
3. Kasb-hunarni bildiradi: injenerlik, o`qituvchilik, doktorlik.
4. Vazifa, mansab bildiradi: raislik, kotiblik, generallik.
5. Ish-harakat yoki hodisani bildiradi: tinchlik, o`qish, yozuv, uyqu.
6. Xayoliy uydirma narsalarni bildiradi: xudo, farishta, do`zax va hokazolar.

2. Otlar birlik shaklda yakka predmetni yoki predmetlar to`dasini ifodalashi mumkin. Shunga ko`ra otlar yakka va jamlovchi (to`da) otlarga bo`linadi.


Birlik shaklda bir turdagi predmetlarning bittasini ifodalaydigan ot yakka ot deyiladi: kitob, bola, paxta, nok.
Birlik shaklda ham bir xil predmetlarning to`dasini, jamini ko`rsatadigan otlar jamlovchi otlar deyiladi: xalq, poda, armiya, ko`pchilik.
Jamlik quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 1) leksik-semantik usul (xalq, el, to`da, poda); 2) affiksatsiya (temuriylar, sut emizuvchilar, insoniyat, hayvonot, tematika); 3) kopulyasiya, ya'ni juftlash (ota-ona, urf-odat, qozon-tovoq); 4) tasviriy sintaktik usul (mehnat ahli, olimlar armiyasi, hayvonot dunyosi, o`qituvchilar safi); 5) kontekstual-situativ (dunyo tahsin o`qimoqda, jahon qoyil qolmoqda, zal jim kabi). Bu gaplarda dunyo, jahon, zal kabilar metonimik ma'noda qo`llanganda jamlik ma'nosini ifodalab kelmoqda. Ammo bular nutqiy hodisalardir.
A.A.Potebnya so`zning semantikasida jamlik mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashda otni yakka predmetga nisbatan ishlatish imkoniyatining bor yoki yo`qligini asos qilib olishini aytgan edi. Masalan, olomon, armiya so`zlarini bir kishiga nisbatan ishlatib bo`lmaydi.
Kim yoki nima so`zlariga munosabatiga ko`ra otlar: kishi va narsa otlariga bo`linadi. Hafiza, Olim, odam, qariya — kim so`rog`iga javob bo`lib, kishi otlarini ifodalaydi. Mashina, fontan, stadion, qo`shchinor – nima so`rog`iga javob bo`lib narsa otlarini ifodalaydi.
Sanalish-sanalmasligiga ko`ra sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo`linadi. Sanaladigan otlarning asosini konkret otlar tashkil qiladi: daftar, kitob, ruchka, olma.
Sanalmovchi predmet otlariga, asosan, modda otlari (abstrakt otlar) kiradi: qum, muz, tuz, un, tutun, havo kabi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling