Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet19/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Grammatik kategoriya, grammatik shakl, son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi, sub'yektiv munosabat kategoriyasi, qiyoslash kategoriyasi, nisbat kategoriyasi, kesimlik kategoriyasi, morfologik kategoriya, sodda va murakkab kategoriyalar, leksik-morfologik kategoriya, funksional-morfologik kategoriya, aloqa-munosabat shakllari, lug'aviy shakllar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Kategoriya atamasi haqida nima bilasiz?
2. Grammatik kategoriya deganda nimani tushunasiz?
3. O'zbek tilshunosligida qaysi morfologik kategoriyalar sanab o'tiladi?
4. Sodda va murakkab kategoriyalar haqida nima bilasiz?
5. Leksik-morfologik kategoriyalarga qaysi kategoriyalarni kiritish mumkin?
6. Funksional-grammatik kategoriyalarning vazifasi nimadan iborat?

Adabiyotlar:


1. Зикриллаев /. Ызбек тили морфологияси. Бухоро, 1994 й.
2. Нурмонов А., Шащобиддинов Ш. Грамматик категория муам­мосига доир айрим мулощазар. ЫТА, 1998 й., 6-сон , 22-26 бетлар.
3. Ne`matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun dasrlik. Toshkent. “O`qituvchi”,2000.
4. Ne`matov H. va b. Ona tili. 7-sinf uchun dasrlik. Toshkent. “O`qituvchi”,2000.
5. Шащобиддинова Ш. Ызбек тили морфологияси умумийлик ва хусусийлик диалектикаси тал=инида. 2-жузв. Андижон, 1994 й.

5-mavzu. SO`Z TURKUMLARI

REJA:


1. Tasnif tushunchasi haqida.
2. So`zning serqirraligi va uni tasniflash omillari.
3. So`zning grammatikadagi tasniflari: ma'noviy, morfologik va sintaktik tasnif.

Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to`xtalib o`tgan edik. So`zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo`lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi:


1. Bo`g`in soniga ko`ra: bir bo`g`inli, ko`p bo`g`inli.
2. Fonemalar miqdoriga ko`ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali...
3. Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra.
4. Tub-yasamaligiga ko`ra: tub va yasama.
5. Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va sinxronik.
6. Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy.
7. Shakl va ma'no munosabatiga ko`ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma'noli so`zlar va paronimlar.
8. Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv.
9. Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko`ra: antroponim, toponim, zoonim...
l0. Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko`ra: kitobiy, rasmiy, so`zlashuv.
11. Lug`at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z va o`zlashgan qatlam, chegara­langan va chegaralanmagan qatlam.
12. Emotsional - ekspressiv jihatiga ko`ra: emotsional-ekspressiv bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar.
13. So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko`ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotni atovchi so`zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so`zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so`zlar; o`rin-payt, tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so`zlar va h.k.
Demak, so`zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o`z o`rnida ahamiyatlidir. So`z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o`rganilib, uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan.
So`zlar ma'noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi:
1. Mustaqil ma'noli so`zlar:
a) mavjudotni atovchi so`zlar – ot;
b) belgi - xususiyatni atovchi so`zlar – sifat;
v) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe'l;
g) miqdorni ifodalovchi so`zlar – son;
d) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar– ravish;
e) taqlidni ifodalovchi so`zlar – taqlidiy so`z.
2. Bo`sh-ishora ma'noli so`zlar – olmosblar.
3. Yordamchi ma'noli so`zlar: ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, ko`makchi fe'llar. So`zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil holda ma'no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi.
O`zbek tlishunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`zlar" sifatida tor doirada tushunilgan edi.
Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o`rnida, balki fe'l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga:
- men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga;
- kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar;
- qandav, bunday, shunday kabi belgiga;
- buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga;
- shunday bo`lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so`zlarning ma'nosi matn ichida oydinlashadi.
Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi:
l. O`zgaruvchi leksemalar.
2. O`zgarmas leksemalar.
O`zgaruvchi so`zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, sub'eyktiv munosabat, kesimlik, o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini qabul qila oladi.
O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko`ra tasni-fini quyidagicha beramiz:
LEKSEMALAR
O`ZGARUVCHILAR+ O`ZGARMASLAR 0
sonlanuvchi – ot, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama,
darajalanuvchi – sifat, ravish, undov, so`z – gap.
tartiblanuvchi – son,
nisbatlanuvc'hi – fe'l

Ushbu tasnifdan ishora so`zlar va taqlidlar o`rin olmagan. Chunki olmoshlarga o`zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: Ot-olmoshlar son kategoryasiga (kim-kimlar); fe'1-olmoshlar nisbat kategoriyasiga (shunday qilishdi); son-olmoshlar: tartib kategoryasiga (necha nehanchi); sifat-olmoshlar daraja kategoriyasiga (shunday-shundayroq) ega. Taqlidlarnig esa o`ziga xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo`q. Biroq ular o`zgarmas so`zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo`lishi ularning gapda qanday bo`lak bo`lib kelishi bilan bog`liq. Professor H.Ne'matov o`zining "Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI-XII веков" nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning ajralmagan "embrion - diffus holati" o`z aksini topganligini qaydetadi.


Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog`lana olish yoki bog`lana olmasligi, gap bo`lagi bo`lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o`z aksini topadi. Sintaktik tasnifga ko`ra leksemalarni uch tipga ajratamiz:
1. Gap bo`lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so`z gaplar.
2. Gap bo`lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so`zlar-fe'l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so`z – olmoshlar.
3. Sintaktik aloqa vositasi bo`lib keladiganlar – ko`makchi, bog`lovchi, yuklama.
So`z - gaplar nutqda boshqa so`zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o`zi mustaqil gap bo`lib kela olish qobiliyatiga ega, ya'ni ajralish xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so`zlar esa bog`lanish xususiyatiga ega bo`lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo`lak bo`lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog`lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so`zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo`lagi bo`lib keladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling