Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet16/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

6. Juftlash har xil so`zlarni - ma'nodoshlarni (baxt-saodat), zid ma'nolilarni (yaxshi-yomori), giponimlarni ulov (ot-eshak), darajalanuvchilarni (qoy-qo`zi), umumiste'mol so`z va arxaizmlarni (bola-chaqa, cho`pon-choliq) o`zaro qo`shish orqali har xil grammatik ma`nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina.
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos bo`lgan grammatik ma`nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Shular bilan birga tilimizda juda kam qo`llaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, (men-biz, sen-siz; eski o`zbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning), arabcha so`zlar orqali o`zlashgan ichki fleksiya usullari mavjud:
Kitob -kutubxona
xabar -axbor fikr -afkor
ilm -ulum
taraf-atrof va boshqalar.
7. Urg`u. Dynyo tililarining barchasida grammatik ma'nolarning ifodala­nishi­da urg`u ham ajratiladi… Tilshunosligimizda ham urg`uni shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va
tugma (ot) - tugma (fe`l)
yozma (sifat) - yozma (fe`l)
studentsiz (sifat) - studentsiz (kesim)
ximik (sifat) - ximik (ot) kabi so`zlarning o`zaro farqlanishini urg`uning turli xil o`rni bilan bog`laganlar. Lekin urguning o`zbek tilida ma`no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg`uning ma'no farqlash vazifasi tilimizda rus tilidan ko`chirilgan hodisadir. Chunki "Tugmang tushdi" va "Belbog`ni tugmang" gaplaridagi "tugma" so`zida urg`u lar ikki holatda ham "a" tovushiga tushadi.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma'noni alohida til hodisasi sifatida o`rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma'no grammatik shaklning bir tomoni sifatida o`rganilib kelindi. Grammatik ma'noni ifodalashning rang -barang usullarini ko`rib o`tgach, biz ayta olamizki. ayni bir grammatik ma'no xilma- xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin.
Chunonchi, son ma'nosi o`zbek tilida affiksatsiya a/-lar, ya'ni birlik/ko`plik son shakllari paradigmasi doirasida ko`rib chiqilgan. Son shakllarining ma'nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutligan. Tilimizda son ma'nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro`yobga chiqadi. Chunonchi, ko`plik ma'nosi takror, juft so`zlar bilan ham, birlik ma'nosi juz'iy reduplikatsiya (takror) yoki so`z-so`zsimon (kitoh-mitob, non-pon, meva-cheva) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma'nolarining o`xshashlik va farqli tomonlari, shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb / atab oldim" kabi hosilalar orasidagi ma'no farqlari deyarli o`rganlimagan. Ya'ni ayni bir ma'noni turli xil vositalar bilan ifodalash yo`llari fanimizning o`rganilmagan, muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling