Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet1/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Aqlli

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


F. Safarov




ONA TILI
B – 5141600 - BOSHLANG`ICH TA’LIM VA SPORT,
TARBIYAVIY ISH IXTISOSLIGI 2-KURS TALABALARI UCHUN
MA”RUZALAR MATNI
Buxoro – 2011

Mas’ul maharrir: filologiya fanlar doktori, professor H.G`. Ne’matov


Taqrizchilar: pedagogika fanlar nomzodi, dotsent I.M. Toshev


filologiya fanlar nomzodi S.S. Avezov
filologiya fanlar nomzodi T. Choriyev

1-mavzu. MORFEMIKA

REJA:


1. Morfemika haqida ma'lumot.
2. So`z tarkibi: o`zak, negiz, asos, qo`shimcha.
3. Qo`shimchaning vazifasiga ko`ra turlari.
4. Qo`shimchalar orasidagi shakl va ma'no munosabatlari.
Morfemika tilshunoslikning bir qismi bo`lib, tildagi ma'noli qismlar haqida ta'limot beradi.
Tildagi bo`linmas, eng kichik ma'noli qism morfema deyiladi.
Aqlli so`zi ikki morfemadan tashkil topgan: aql+li. Aql o`zak morfema bo`lib, so`zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. -li morfemasi esa o`zak morfema orqali ifodalangan belgi yoki predmetga egalik ma'nosini bildiradi. Ko`rinadiki, morfemalar ikki ko`rinishga ega:
1. O`zak morfema.
2. Qo`shimcha morfema (qo`shimcha).
So`zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma'no ifodalaydigan morfema o`zak morfema deyiladi. O`zak morfema so`z yasash uchun qam, forma yasash uchun ham asos bo`la oladi. Chog`ishtiring: ish+chi, paxta+zor, ish+ga, paxta+da.
Mustaqil leksik ma'no ifodalay olmaydigan, so`zning leksik yoki grammatik ma'nolarining shakllanishida xizmat qiladlgan morfemalar qo`shimcha morfema deyiladi: kuch+li, ish+la (so`z yasayapti), uy+lar, uy+ga (shakl yasayapti).
So`zlarni o`zak va qo`shimcha morfemalarga ajratishda bu morfemalarning ma'no ifodalay olishiga e'tibor berish kerak bo`ladi: quloqchin so`zida -chin elementi ma'no ifodalaydi; tiril, tirik so`zlarida esa "tir" qismi ma'noga ega emas. Shuningdek -xona, -noma, -xo`r, -boy kabilar aniq o`zak morfema ma'nosidan uzoqlashib, qo`shimcha morfemaga aylangan. Morflar turli ko`rinishlarga ega bo`ladi. Masalan: ishla so`zidagi -la elementi hayda so`zida -da shaklida kelgan (lekin hay-hayla fe'lida yana -la tusida qo`llangan), hozir ajralmaydigan unda so`zida ham aslida shu -da qo`shimchasi bor (un ovoz). Bu -la va -da ko`rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko`rinishi esa morf (allomorf) sanaladi. Bu turli ko`rinishdagi qismlar, morflar bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o`zak morfemalarda ham ko`rinadi: tashqi so`zidagi tash elementi tish tusida ko`p uchraydi. Yana: kuchuk uvladi - bo`ri ulidi (uv va u).
Morfemalar vazifasiga ko`ra so`z yasalishiga ham, shakl yasalishiga ham aloqador. Masalan, temirchi (qo`shimcha orqali so`z yasash), temirni (qo`shimcha orqali shakl yasash).



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling