Щозирги ызбек адабий тили


So`z turkumlarida so`z yasalishi


Download 0.6 Mb.
bet9/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

So`z turkumlarida so`z yasalishi
Ot yasalishi
Yasama otlar: 1. Affiksatsiya. 2. Kompozitsiya. 3. Abbreviatura yo`llari bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli bilan ot yasash. Bu usul ot yasashdagi eng mahsuldor usuldir. Affiks qo`shish yordami bilan yasalgan otlar tubandagi ma'no gruppalarga bo`linadi:
1. Shaxs otlari.
2. Narsa, qurol otlari.
3. O`rin, joy otlari.
4. Abstrakt otlar.
Shaxs oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo`shilib "shug`ullanuvchi" ma'nosini anglatuvchi shaxs otlarini yasaydi. Bunday otlar sof o`zbekcha affikslar bilan ham, tojik tilidan qabul qilingan affikslar bilan ham yasaladi. Hozirgi o`zbek tilida shaxs oti yasovchi affikslar quyidagilar:
-chi: ishchi, qiziqchi, bo`yoqchi, tabelchi.
-dosh: suhbatdosh, maktabdosh.
-gar: zargar, sovungar.
-kor: paxtakor, sholikor.
-bon: saroybon, bog`bon.
-dor: muhrdor, chorvador.
-shunos: tilshunos, huquqshunos.
-furush: nosfurush, do`ppifurush.
-soz: soatsoz, kemasoz.
-do`z: mahsido`z, etikdo`z.
-paz: oshpaz, kabobpaz.
-kash: chizmakash, aravakash.
-boz: kaptarboz, qimorboz.
-xon: kitobxon, gazetxon.
Narsa, qurol oti yasovchi affikslar. O`zbek tilida ot va fe'l o`zaklarga qo`shiladi. Narsa, qurol oti yasovchi affikslar quyidagilar:
-gich (g`ich, kich, -qich): o`tkazgich, yelpig`ich, ko`rsatkich, ochqich.
-ma: o`sma, qatlama.
-m (-im): to`plam, bo`lim.
-k (-q): kurak, bo`yoq.
-indi: yuvindi, qirindi.
-in: ekin.
-daq, -doq: kekirdak, qovurdoq.
-chi: tomchi, duyunchi.
-don: tuzdon, siyohdon, surmadon.
O`rin, joy oti yasovchi affikslar:
-zor: bodomzor, shaftolizor.
-iston: O`zbekiston, Tojikiston.
-goh: qarorgoh, sayrgoh.
-xona: dorixona, ishxona.
-loq: o`tloq, qumloq.
-obod: Hamzaobod, Murodobod.
Mavhum ma'noli ot yasovchilar:
-lik: yaxshilik, go`zallik.
-chilik: pillachilik, paxtachilik.
-garchilik: loygarchilik, odamgarchilik.
-ch, -inch: ishonch, sevinch.
-sh, -ish: qurilish, yig`ilish.
-lashtirish: radiolashtirish, elektrlashtirish.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling