Щозирги ызбек адабий тили


Kompozitsiya usuli bilan ot yasash


Download 0.6 Mb.
bet10/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Kompozitsiya usuli bilan ot yasash. Bu usulda qo`shma otlar vujudga keladi: tuyaqush, ko`zoynak, belbog`, yalangoyoq.
Qo`shma otlar material jihatidan:
1. Ot+ot: Mirzacho`l, bilakuzuk.
2. Sifat+ot: Kattaqo`rg`on, achchiqtosh.
3. Son+ot: uchburchak, beshariq.
4. Ot+fe'l: o`rinbosar, kungaboqar.
5. Ikki mustaqil fe'l: olibsotar, ishlab chiqarish.
Abbreviatsiya usuli bilan ot yasash. Abbreviatsiya usuli bilan qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, XXR, O`zdavnashr. Qisqartma ot yasash usuli rus tilidan o`zlashtirilgandir. O`zbek tilidagi qisqartma otlar o`z xususiyatiga ko`ra ikki xildir:
1) rus tilidan o`zlashgan qisqartmalar MTS, GES.
2) o`zbek tilining o`zida hosil qilingan qisqartmalar: BXR, XXR,
Qisqartirib so`z yasashda birikma komponentlarining qisqartirilishi bir necha ko`rinishga ega:
1. Birikma komponentlarining bosh harflari olinadi: GDR, BMT, BDU.
2. Birinchi so`zning bo`g`ini va boshqa so`zlarning bosh harflari: BuxDU, SamDU.
3. So`zning birinchi qismlari: o`zdavnashr
4. So`zning birinchi bo`g`ini va to`la so`z: O`zgaz, O`zkitob.
Sifat yasalishi
Boshqa so`z turkumlari singari sifat turkumi xam to`xtovsiz ravishda yangi so`zlar bilan to`ldirilib, boyib turadi. Bu boyish, avvalo, yangi sifatlar yasalishida ko`rinsa, so`ngra, rus tilidan qabul qilingan tayyor sifatlarni olish bilan amalga oshadi. Bunga rus tili orqali o`zlashgan dokumental, dialektal, progressiv, revolyutsion, reaksion, effektiv kabilarni ko`rsatish mumkin.
Sifatlar, asosan, ikki yo`l bilan yasaladi:
1) affiksatsiya;
2) kompozitsiya.
Affiksatsiya yo`li bilan sodda sifatlar yasalsa, kompozitsiya yo`li bilan qo`shma sifatlar yasaladi.
Affiksatsiya yo`li bilan sifat yasash
Affiksatsiya yo`li bilan sifat yasash mahsuldordir. Bu yo`l bilan boshqa so`z turkumlaridan turli ma'nodagi sifatlar hosil qilinadi.
-li qo`shimchasi sifat yasovchilar ichida eng sermahsuli bo`lib, asosan, ot turkumidagi so`zlardan sifat yasaydi: sevimli, maslahatli, bilimli, suvli kabi. Bu qo`shimcha turli so`zlarga qo`shilib shu o`zakdan anglashgan predmetga egalikni yoki predmetning biror ish uchun yaroqli ekanligini bildiradi: aqlli, uyli, mazali, minishli, yeyishli.
-dor. Bu qo`shimcha ma'no va vazifasi jihatidan -li qo`shimchasiga yaqin turadi: jozibador, aybdor, aloqador, vafodor.
ser- qo`shimchasi -li va -dor qo`shimchalari bilan yasalgan sifatlarga sinonim bo`la oladi: sershox, sersoqol, serunum, sergo`sht, sersuv.
ba- qo`shimchasi arabcha va tojikcha o`zlashgan so`zlarga qo`shilib sifat yasaydi: baquvvat, basavlat.
-mand qo`shimchasi asosdan anglashilgan predmetga egalik ma'nosini ifodalaydi: davlatmand, kasalmand.
-kor shakli asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi: zulmkor, ehtiyotkor, isyonkor.
-siz, be-, no- qo`shimchalari asosdan anglashilgan narsa holatga ega emaslik belgisini ifodalovchi sifatlar yasaydi: kuchsiz, pulsiz, beor, bexosiyat, noo`rin.
-chan shakli moyillik ma'nosidagi sifatlar yasaydi: uyatchan, xayolchan, talabchan.
-choq, -chiq, -chak qo`shimchalari asosdan anglashilgan predmetga moyillikning kuchsizligini yfodalaydi: urinchoq, tortinchoq, sirg`anchiq, kuyunchak, erinchak.
-qoq qo`shimchasi: tirishqoq, urishqoq.
-gir (-kir, -g`ir) qo`shimchalari belgi xususiyat anglatadi sezgir, keskir, o`tkir, topqir, olg`ir.
-ag`on, -mon: bilag`on, topag`on, bilarmon.
-ki, -qi: jizzaki, shartaki, vaysaqi.
-k (-k, -g`): chirik, o`lik, yaltiroq, yorug`.
-kin, -kun, -gin, -g`in: tushkun, jo`shqin, ozg`in,
-ma: ag`darma (etik), qovurma (sho`rva).
-mas: bo`linmas, yengilmas.
-ildoq: qaqildoq, chiyildoq.
-ch: tinch, jirkanch.
-gi, -ki, -qi: oxirgi, bahorgi, tushki, tashqi.
-i: qishloqi, bahori.
-cha: o`zbekcha, erkakcha.
-namo, -simon: majnunnamo, maymunsimon.
-parvar: insonparvar, vatanparvar.
-aki: zo`raki, qalbaki, yuzaki.
bad-: badaxloq, badbashara, badqovoq.
-chil, -don, -bop, xush-, -kash kabi qator sifat yasovchilar borki, ular turli ma'nodagi sifatlar yasay oladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling