Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet6/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Morfema, so'z tarkibi, o'zak, qo'shimcha, qo'shimchaning vazifasiga ko'ra turlari, asos, negiz.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Morfemika nimani o'rganadi?
2. Morfema nima?
3. O'zak nima?
4. Qo'shimcha vazifasiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент, 1980, 160-166.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том, Тошкент, 1975, 7-52.
3. Турсунов У. ва б. Щозирги ызбек абадий тили. Тошкент, 1965, 5-7.
4. Ызбек тили морфем лу\ати. Тошкент, 1977.
5. Щожиев А. Ызбек тилида форма ясалиши. Тошкент, 1979.
6. Мирзаев М. ва б. Ызбек тили. Тошкент, 1978, 76-79.
7. Бердилаев А. Ызбек тили аффиксал синонимиясининг баъзи хусусиятлари. “Ызбек тили ва адабиёти” журнали. 1974, 2.
8. Жырабоева М. Ызбек тилида аффиксал омонимия. Тошкент, 1992.
9. Тожиев Й. Ызбек тили морфемикаси. Тошкент, 1992.


2-mavzu. SO`Z YASALISHI

REJA:


1. So`z yasalishi haqida umumiy ma'lumot.
2. O`zbek tilida so`z yasash usullari.
3. So`z turkumlarida so`z yasalishi.

So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi so`z yasalishi va so`z yasash usullarini o`rgatadi. So`z yasalishi morfologiya va leksikologiya bilan o`zaro bog`liq.


"So`z yasalishi" atamasi ikki hodisani nomlash uchun ishlatiladi:
1. So`z yasalishi, ya'ni so`z hosil qilish.
2. Tilshunoslikning bir bo`limi nomi.
So`z yasash har qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilish demakdir: ishchi, hozirjavob, besh yillik.
Ma'lum so`z negizidan ma'no va grammatik jihatdan undan farq qiladigan yangi so`z hosil qilish so`z yasash deyiladi. So`z yasash leksik ma'noning o`zgarishini nazarda tutadi. Bunda avvalgi so`zning shakli ham o`zgaradi: yetak - yetakchi-yetakla.
Turmushda predmetlar, hodisalarni nomlash uchun yangi so`zlar hosil qilinadi. Yangi so`z til birligi hisoblanadi. U til birligi sifatida lug`at tarkibini boyitadi.
Hozirgi so`z yasalishi va tarixiy so`z yasalishi mavjud.
Sinxroniya (bir vaqtlilik) va diaxroniya (har vaqtlilik) o`zaro munosabatda. Sinxroniya va diaxroniya til mavjudligi va taraqqiyotning ikki shaklidir. Hozirgi so`z yasashda yasama so`z komponentlari o`rtasidagi munosabat jonli bo`ladi: ter+im, o`r+im, egov+la, ish+la. Tarixiy yasalishda so`z komponentlari orasidagi munosabatni jonli deb bo`lmaydi. Bu ma'no maxsus tekshirishlar orqali aniqlanadi: Ko`rpacha so`zida -cha kichraytish emas, balki tarixiy so`z yasalishidir. Suyuq, silliq so`zlari ham shular jumlasidandir.
Sinxron so`z yasalishida ikki va undan ortiq komponent qatnashadi. Yasalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchi mustaqil ma'noli qism yasovchi asos hisoblanadi. Bunday asos sodda yasama so`zda bitta, qo`shma so`zda birdan ortiq bo`ladi. Ishchi: ish yasalish asosi; -chi yasovchi qo`shimcha. Toshko`mir: tosh va ko`mir yasovchi asoslardir. Xullas, u yoki bu so`zning tarkibida yasovchi qo`shimcha bo`lsa, hatto bu qo`shimcha bir necha so`z tarkibida uchrasa ham, lekin so`z tarkibida mustaqil ma'noli komponent (yasovchi asos) qatnashmasa, bunday so`zlarni yasama so`z deb bo`lmaydi. Chog`ishtiring: g`ovla, emakla, tarashla, o`dag`ayla so`zlarida -la qo`shimchasining fe'l yasovchi ekanligi aniq. Ammo yasovchi asosda ma'no yo`q. Shuning uchun bu tip so`zlar tarixiy yasalishdir. Shuningdek, mashinist, egoist, kommunist, maishiy, siyosiy so`zlari ham yasama emas. Aks holda ham shunday: tiqmachoq, bo`g`iz, quloqchin, shaxsiyat. Demak, ma'lum bir so`zning tarkibida mustaqil ma'noli qism yoki yasovchi qo`shimchaning yoki har ikkisining borligi sezilib tursa-da, lekin bu so`zning ma'nosi uqilmasa, bunday so`z hozirgi so`z yasalishiga kirmaydi.
Har bir tilning yasama so`zlari shu tildagi so`z yasash modellari: o`zak+suffiks, prefiks+o`zak, so`z+so`z holatida yuzaga keladi: chopiq, besuv, qo`lqop. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor. Yasalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, formal (tashqi) jihatdan ham aloqador: o`roq-chi, ish-chi yasama so`zlarining ma'nosi yasovchi so`zning ma'nosiga asoslanadi: yasama o`zakning ma'nosini rivojlantiradi, o`shandan kelib chiqadi. Masalan: o`roq yasalmasining ma'nosi o`rish harakati bilan asoslaniladi (motivlovchi). Shunga ko`ra birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya munosabati sanaladi. Demak, "motivlashgan" so`zi "yasalgan" degan ma'noni ifodalaydi.
So`z yasovchi o`zlashgan qo`shimchani baholashda uning o`zbek tilida ham yangi so`z yasash uchun xizmat qilishi yoki qilmasligini hisobga olish muhimdir. Binobarin, bunday qo`shimchalar yangi so`z yasab, o`zbek tili leksikasini boyitishi kerak. Aks holda bular o`zlashma so`z yasovchi qo`shimcha sanalmaydi (-ik, -ak,
-izm, -ist) kabi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling