Щозирги ызбек адабий тили
Qo`shimchalarning tuzilishi
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
Qo`shimchalarning tuzilishi
Qo`shimchalar tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: sodda qo`shimchalar va qo`shma qo`shimchalar. Birgina ma'noli qismdan iborat bo`lgan qo`shimcha morfema sodda qo`shimcha deyiladi: -chi, -zor, -dosh, -ga, -da, -dan, -roq kabi. Birdan ortiq qo`shimchalarning o`zaro birikuvidan hosil bo`lgan qo`shimcha morfemalar qo`shma qo`shimcha deyiladi: -chilik, -garchilik, -garlik, -moqda kabi. Qo`shma qo`shimchalarda ergash morfemalar bir-biridan ajralmaydi: kosibchilik, ikki tomonlama, yog`ingarchilik kabi. O`zbek tilidagi qo`shma qo`shimchalarning o`ziga xos xususiyatlari A.Berdialiyev tomonidan maxsus tadqiq qilingan. So`zlardagi kabi qo`shimchalarda ham polisemiya, sinonimiya, antonimiya va omonimiya hodisalari mavjud. Qo`shimchalar omonimiyasi. Semantik tomondan o`zaro bog`liq bo`lmagan, turli ma'nolarni bildiruvchi har xil qo`shimchalarning tashqi jihatdan bir xil bo`lishi qo`shimcha omonimiyasi deyiladi. Masalan: yotoq, o`roq, qo`rqoq, qochoq so`zlaridagi -oq qo`shimchasi fonetik tomondan o`xshash bo`lsa ham, bular to`rtta har xil qo`shimchadir. Qo`shimchalar omonimiyasi turli tipdagi ergash morfemalar orasida uchraydi: 1. So`z yasovchi qo`shimchalarning o`z doirasida: to`plam (-m qo`shimchasi harakat natijasi oti yasaydi), o`rim (-im qo`shimchasi prosess nomi yasaydi). 2. So`z yasovchi qo`shimcha bilan shakl yasovchi qo`shimcha orasida: tinchi (-i fe'l yasovchi qo`shimchasi u tinchidi; uchinchi shaxsni ko`rsatuvchi egalik qo`shimchasi -i ham shu formada bo`ladi -kitobi). 3. Shakl yasovchi qo`shimchalarning o`z doirasida: oqish – sifat (-ish belgining o`zligini bildiradi), chopish – fe`l (-ish fe'lning funksional shaklini hosil qiladi.) 4. Omonim qo`shimchalar urg`u orqali farqlanadi: urg`uli -ma qo`shimchasi ot, sifat yasaydi, urg`usiz -ma qo`shimchasi fe'l yasaydi va h.k. Qo`shimchalar omonimiyasi hodisasining o`ziga xos xususiyatlari M. Jo`raboyeva tomonidan tadqiq etilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling