Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet7/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

So`z yasash yo`llari
Leksika doimiy harakatda bo`lib, uning rivojlanishi, boyish yo`llari har xil. Leksika, asosan, boshqa tillardan so`z olish va ichki imkoniyat asosida yangi so`z yasash bilan boyib boradi. Yangi so`z, odatda, tildagi bor materialdan yaratiladi. Eritma so`zining (eri+t+ma) materiali va modeli, vositasi avvaldan ma'lum, lekin hosil bo`lgan so`z yangidir.
O`zbek tilida so`z yasashning bir necha usuli bor:
1. Semantik usul. 2. Fonetik usul. 3. Sintaktik usul. 4. Affiksatsiya usuli. 5. Kompozitsiya usuli.
Semantik usul
Tilda bor bo`lgan so`zning ma'nosi o`zgarishi natijasida yangi so`z hosil bo`lishi semantik usul bilan so`z yasash deyiladi: kun – quyosh – (planeta), kun - sutkaning yorug` qismi, kunduzi.
Semantik usul bilan so`z yasashga so`z ma'nosining o`zgarishi, konversiya (ko`chish), polisemiya asosida omonimlarning vujudga kelishi kiradi. Kechasi -ot (vaqt nomi); kechasi - otdan yuzaga kelgan ravish so`z ma'nosining o`zgarishi), oldingilar (sifatdan otga ko`chirish: oldingi odamlar). Tosh – jism, ot yoki biror narsaning toshib ichidan sirtiga chiqishi -fe'l. Ich- (ichki qism) ot, ich (ichiga yutish) -fe'l (polisemiya asosida omonim vujudga kelgan).
Fonetik usul
Tilda tovush o`zgarishi natijasida paydo bo`lgan yangi so`zlar fonetik usul bilan so`z yasash deyiladi:
1. So`z tarkibida fonetik o`zgarish orqali: tun-kun, aka-uka.
2. Urg`uning o`rnini o`zgartish orqali: yangi-yangi. Prof. A.G`ulomov "Ichki o`zgarish yo`li bilan so`z yasash" (Nauchnaya sessiya AN UzSSR, Toshkent, 1947. 338-392-betlar) maqolasida fonetik usul bilan so`z yasashni juda qadimgi usul deb hisoblaydi. Uni affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan so`z yasashdan ilgarigi hodisa deb aytadi. A. G`ulomov ichki o`zgarish faqat tovushlarning o`zgarishi bilan emas, tovushlarning ikkilanishi, tovush tushib qolishi va tovushlarning o`rin almashtirishi usullari bo`lganligini aytadi va quyidagi misollarni keltiradi: ko`z-ko`r, tosh-tesh, aka-uka, siq-suq tovush almashish usuli; silamoq-siylamoq, o`t-trava, o`t-jeloch tovushlarni cho`zish orqali so`z yasash; qatiq-qattiq tovushlarni ikkilantirish usuli bilan, sol-ol, tog`a-og`a, toshmoq-oshmoq tovushlarning birini tushirish bilan; siq-qis, cho`k-ko`ch tovushlarning o`rnini almashtirish va h.k.
Prof. S.Usmonov "So`z yasash formasi" maqolasida (Nizomiy nomli pedinstituti asarlari, 42-tom, Toshkent, 1964, 349-b.) "Turkiy tillarda ichki fleksiya masalasi juda munozarali" deb fonetik usul bilan so`z yasalishiga shubha bildiradi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling