Щозирги ызбек адабий тили
Qo`shimchalar sinonimiyasi
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shimchalar antonimiyasi.
- Qo`shimchalar polisemiyasi.
Qo`shimchalar sinonimiyasi. Shaklan har xil, umumiy ma'nosi bir-biriga yaqin bo`lgan qo`shimchalar sinonim qo`shimcha deyiladi: -yap, -yotir, -moqda qo`shimchalari hozirgi zamon davom fe'lini yasaydi. -li va -dor qo`shimchalari egalikni ifodalaydi: homilali, homilador. -giz, -dir qo`shimchalari fe'lning orttirma nisbatini yasaydi: oldir – olg`iz, kiydir – kiygiz kabi.
Sinonim absolyut tenglikka ega emas. Ular ma'nosi, uslubiy bo`yog`i, qo`llanish doirasi bilan o`zaro farqlanib turadi. Bu farqlarga e'tibor qilish orqali mazmunni ochiq, nozik ottenkalarni hamda emotsiyalarni aniq berishga, umuman, uslubiy jihatdan savodli bo`lishga erishiladi. Sinonim qo`shimchalar boshqa tillardan, shevalardan qo`shimchalar olish yo`li bilan hosil bo`ladi. Sinonim qo`shimchalar so`z yasovchilarda ham (unumli, unumdor), shakl yasovchilarda ham (oqish, oqimtir, aytingiz, aytinglar) uchraydi. Sinonim qo`shimchalarning o`ziga xos xususiyatlari Y.Tojiyev tomonidan maxsus tadqiq etilgan. Qo`shimchalar antonimiyasi. Qarama-qarshi ma'no bildiruvchi qo`shimchalar antonim qo`shimcha deyiladi. Qo`shimchalar antonimiyasi, asosan, so`z yasovchi qo`shimchalar doirasida uchraydi: -li, -siz: aqlli, aqlsiz; -li, be-: suvli, besuv; be-, ba-: bedavlat, badavlat. Qo`shimchalar antonimiyasining o`ziga xos xususiyatlari B.Isabekov tomonidan ilmiy tekshirilgan. Qo`shimchalar polisemiyasi. Birdan ortiq leksik yoki grammatik ma'noni hosil qiluvchi qo`shimcha ko`p ma’noli qo`shimcha deyiladi. Masalan, -chilik qo`shimchasi quyidagi ma'nodagi otlar yasaydi: 1. Asosdan anglashilgan narsani yetishtiradigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, uzumchilik, urug`chilik. 2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiradi: pishiqchylik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog`liq bo`lgan ishni anglatadi: ulfatchilik, o`rtoqchilik. Jo`nalish kelishigi shakli -ga: 1. Harakat yo`naltirilgan tomonni ifodalaydi: uyga. 2. Atalganlik ma'nosini anglatadi: ukamga oldim. 3. Payt ma'nosini bildiradi: yozga chiqdi. Qo`shimchalarni tahlil qilish namunasi: 1. Qo`shimchalarning fonetik strukturasi: bir unli, bir undosh yoki unli va undosh va h.k. 2. Qo`shimchalarning etimologiyasi: qaysi tilga mansubligi. 3. Qo`shimchalarning kelib chiqishi: so`zdan yoki fonetik variant ekanligi. 4. Qo`shimchalarning qo`shilish o`rniga ko`ra turi: suffiks yoki prefiks. 5. Qo`shimchalarning tuzilishiga ko`ra turi: sodda yoki qo`shma. 6. Qo`shimchalarning vazifasiga ko`ra turi: so`z yasovchi yoki shakl yasovchi ekandigi. 7. Qo`shimchalardagi omonim, sinonim, antonim va polisemantiklik xususiyatlari. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling