Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet20/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


So'zning serqirraligi, tasnif, mustaqil ma'noli so'zlar, yordamchi ma'noli so'zlar, bo'sh ishora ma'noli so'zlar, o'zgaruvchi so'zlar, o'zgarmas so'zlar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Tasnif nima? Uning mohiyatini nima tashkil etadi?
2. So'zning qaysi qirralari orqali tasnif hosil qilish mumkin?
3. Ma'noviy belgisiga ko'ra so'zlar qanday turkumlanadi?
4. So'zlar morfologik tasnifga ko'ra necha turga ajratiladi?
5. So'zlarning sintaktik tasnifida nimaga asoslaniladi?
6. Nima uchun olmosh taqlid so'zlardan keyin o'rganiladi?

Adabiyotlar:


1. Бобокалонов Р. Ызбек тилида семантик-функционал шаклланган сыз-гаплар. НДА. Тошкент, 2000.
2. Мадращимов И. Ызбек тилида сызнинг сер=ирралиги ва уни таснифлаш асослари. НД. Тошкент, 1994.
3. Нигматов Х. Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI-XII веков. Ташкент, 1989.
4. Умумий ырта таълимнинг Давлат Таълим Стандарти ва ы=ув дастури. Тошкент, 1999. 1-махсус сон.


6-mavzu. OT TURKUMI

REJA:


1. Ot turkumi haqida.
2. Otning ma’noviy guruhlari.
3. Otning grammatik kategoriyalari: son kategoriyasi.
Ot — mustaqil so`z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Predmetlik ma'nosini anglatib, son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga ega bo`lgan so`z turkumiga ot deyiladi: ish+chi+lar+ga, kitob+lar+i+dan. Grammatikada predmetlik nima? Grammatika inson anglashi mumkin bo`lgan barcha narsa (belgi, xususiyat, harakat, holat)ni ham predmet deb qabul qiladi: daraxt, shamol, qo`zg`olon, yaxshilik kabi.
Ot morfologiyada katta o`rin tutadi. Boshqa so`z turkumlari otning belgi xususiyatlarini ko`rsatadi. Jumladan, sifat otning belgisini son miqdorini va tartibini, fe'l harakatini bildiradi: katta bino, beshta student, ikkinchi kurs, kitob o`qimoq.
Ot mustaqil so`z turkumi sifatida quyidagi grammatik belgilarga ega:
1. Ot yasalish xususiyatiga ega: paxtachi, paxtakor, tomorqa, belbog`.
2. Sonlanish xususiyatga ega: kitob - kitoblar, bola - bolalar.
3. Egalik ko`rsatkichiga ega: kitobim, kitobing, kitobi kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
4. Kelishik formalari bilan o`zgaradi: ruchka, ruchkaning, ruchkani, ruchkaga, ruchkada, ruchkadan.
5. Gapda barcha gap bo`laklari vazifasini bajaradi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling