Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi
Download 257.5 Kb.
|
KURS ISHIGA nasiba
- Bu sahifa navigatsiya:
- AXBOROTLARNI TO‘PLASH METODLARI
1-rasm (boshqaruv metodlari) Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati to‘la o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarini faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo‘ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko‘rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni o‘z vaqtida tegishli shaxslarga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi.Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, umuman olganda barcha jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda, ularning qiziqishi, manfaatlari, ko‘nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini o‘rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-ma’muriy metoddan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. Axborotlar to‘plash metodlari barcha metodlar qatori ushbu metod ham ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish uchun rahbarlarning boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik jarayonning holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash va ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini ob’yektiv baholashni amalga oshirishga xizmat qiladi.Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatida qo‘llaniladigan metodlarning ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi metodlardan biri hisoblangan mazkur metod me’yoriy hujjatlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish, xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish, tahliliy baholash, umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik va matematik tahlil va boshqa ko‘pgina usullarni o‘z ichiga oladi.
2-rasm (Axborotlarni to‘plash metodlari) Ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish va zaruriy sharoitlar yaratish, shuningdek, boshqaruv jarayonini qayta tashkil etishda rahbarlar mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha ishonchli va asosli axborotlar to‘plashda mazkur usullardan tashkil topgan axborotlar to‘plash metodlaridan foydalanadi, ya’ni me’yoriy hujjatlarni o‘rganadi va ularda belgilangan talablarning bajarilishini tahlil qiladi, o‘quvchilarning bilimini DTS talablari bo‘yicha tekshiradi, shuningdek, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining dinamikasini tahlil qiladi, o‘qituvchilarning darslarini kuzatadi, ochiq darslarga qatnashadi va pedagogik xodimlar faoliyatini o‘rganadi, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, rahbar-xodim, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari so‘rovnomalar o‘tkazish orqali aniqlanadi.To‘plangan ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik va kunlik natijalar bo‘yicha statistik va matematik chiqqan holda, mavjud holat oldingi holatga nisbatan taqqoslanadi va kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilanadi hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida qarorlar qabul qilinadi.3 Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling