Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi


Download 257.5 Kb.
bet5/10
Sana07.01.2023
Hajmi257.5 Kb.
#1083128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHIGA nasiba

Rahbarlik – insonlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Rahbarlar qator funksiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, mazkur faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, ularni nazorat qilishni amalga oshiradi.
Liderlik – Lider asosan ma’lum bir guruhda o‘zi boshchilik qilayotgan yo‘nalishlarda shaxslararo (norasmiy) munosabatlarni boshqarib, u o‘z guruhi a’zolarining kuchli va salbiy tomonlarini, ijobiy va salbiy odatlarini, shuningdek ularning psixologik xususiyatlari, kayfiyatlari, moyilligi, intilishlari hamda qiziqishlarini yaxshi bilganligi sababli yetakchilik qiladi. Ixtiyoriy jamoada turli yo‘nalishlarda liderlar bo‘lishi mumkin. Masalan, turli hil tadbirlarni (jamoa a’zolarining turli hil uy ishlarida hasharlar, dam olish tadbirlari, guruh bo‘lib turli xil ziyofatlar uyushtirish va h.k) tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik yo‘nalishida, sport yoki sportning ma’lum bir turi bo‘yicha, o‘quv jarayonini tashkil etish yoki fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish yo‘nalishlarida.
Ma’suliyat – bu shaxsning o‘z zimmasiga olgan yoki unga topshirilgan majburiyatlariga hisob bera olishida, xatti-xarakatlarida, kimnidir-nimanidir ayblamay, xatti – xarakati natijalari va uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishda ko‘rinadigan fazilatdir. Psixologik xodisa sifatida shaxsning ko‘pgina psixologik funksiyalarida namoyon bo‘lib, inson xulqidagi muhim belgi xisoblanadi. Ma’suliyatning inson xulqidagi muhim belgisi – o‘z vazifasini bajarishdagi aniqlik, puxtalik, xozirjavoblik, o‘zini majbur qila olish, o‘z xatti-xarakatlari oqibatiga javob berishga tayyor turish va ma’suliyatli xulqni amalga oshirish quyidagi irodaviy sifatlarga ega bo‘lishni talab etadi: qat’iyatlilik, chidamlilik, o‘zini tuta bilish barqarorlik.Insonlarda ma’suliyat xulqini shakllantirish faqat psixoligik omillarga bog‘lik bo‘lmay, mehnatni tashkil etish va nazorat qilish bilan bog‘liq boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Masalan, xodimlarga bo‘lgan ishonch, turli xil vazifalarning topshirilishi va ularni nazorat qilish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv – har qanday jamiyatga xos bo‘lgan, xayot va turmush zaruriyatidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat aqlining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Boshqaruv muloqoti – bu ta’lim muassasi faoliyatini tashkil etish, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishda insonlarga raxbarlik qilish jarayonidagi muloqot, ya’ni ularning faollliklarini ta’minlash, xatti-xarakatlarini maqsadga yo‘naltirish yoki motivlashtirishdir. Raxbarlar boshqaruv funksiyalarini amalaga oshirish jarayonida o‘z jamoasi a’zolari bilan turli xil munosabatlarda, ya’ni bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yo‘nalishida turli shakllarda muloqotda bo‘ladilar, bularning ichida eng zaruri samarli muloqot bo‘lib maqsadni qisqa vaqt ichida aniq va tushunarli qilib yetkazishdir. Samarali muloqot vaqtida yoki ixtiyoriy muloqot jarayonida suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshi tushunishlari, aniq tasavvurlar muloqotning samaradorligini belgilaydi, bunday xolatlar uchun identifikatsiya, refleksiya, va stereotipizatsiya tushunchalari hizmat qiladi.
Psixologiya fanlarining asosiy tushunchalari haqida fikr bildirar ekanmiz, shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, psixologiya fanlarining barcha tushunchalarini albatta, bir mavzu doirasida to‘liq yoritib berishga imkoniyat bo‘lmaydi, shuning uchun faqatgina bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari raxbarlarining boshqaruv faoliyatida tez-tez, deyarli har daqiqada qo‘llanilib turadigan tushunchalarga to‘xtalib o‘tdik va ularni bilish maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish uchun zarur deya hisobladik.4
II BOB. BOSHQARUV USULLARI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Ta’lim jarayonida zamonaviy boshqaruvning tashkil etish usullari.
Zamonaviy maktab boshqaruvida usullardan foydalanish bu menejment sub’ektining menejment ob’ektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan tashkilotdagi jamoasiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir.Ta’lim jarayonida zamonaviy maktab boshqaruv usullari vositasida ta’lim jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Tashkilot samaradorligi ko‘p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to‘g‘ri shakllanligi bilan uzviy bog‘liqdir.Boshqaruv usullari menejment fanida muhim o‘rinni egallab, menejment qonun va tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o‘zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o‘zgarishi, maktabni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, maktabning texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o‘zgarishlar kiradi. Ichki omillar jumlasiga: maktab boshqaruvini rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish.Zamonaviy boshqarish usullarini ta’limning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo‘llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin.Davlat boshqarish usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari, yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo‘llaniladigan menejment usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko‘zda tutish lozim. Umuniy o’rta ta’limini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy.Zamonaviy boshqarish usullari o‘zaro uzviy bog‘liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat bermaslik butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi.5
Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda so‘z vazirliklar, assotsatsiyalar, aksiyadorlik jamiyati, davlat qo‘mitalarini boshqarish usullari haqida bormoqda.Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo‘limlar boshliqlari tomonidan qo‘llaniladigan menejment usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Demak, menejment nazariyasi va amaliyotida turli menejment usullari mavjuddir. Ular menejment usullarining har bir guruhi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan tizimni tashkil etgan.
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan
usullar, ya'ni:

  1. sistema (tizim)li yondoshuv;

  2. kompleks yondoshuv;

  3. tarkibiy yondoshuv;

  4. integratsion yondoshuv;

  5. modellashtirish;

  6. iqtisodiy-matematik yondoshuv;

  7. kuzatish;

  8. eksperiment;

  9. sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

Ta'sir ko‘rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o‘tkazish usullari tushuniladi.
Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo‘sinlar, yo‘llar yordamida amalga oshiriladigan turli tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o‘ziga xos usullari deb
yuritiladi.

Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling