Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi
Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlardan foydalanish ahamiyati
Download 257.5 Kb.
|
KURS ISHIGA nasiba
1.2. Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlardan foydalanish ahamiyati
Ijtimoiy psixologik metodlar- jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar bo‘ysunuvchilarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosi maqsadi ta’lim muassasasi jamoasida sog‘lom muhitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin.Mazkur metod ta’lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar faoliyatining takomillashishi, ularning o‘z faoliyatlardan qoniqishlar hosil qilishida, shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi, rahbar-xodim, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etib, pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy tushunchalarini rivojlantirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarining ortib borishini hamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini ta’minlaydi.Bu metod kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi: Ijtimoiy me’yorlash yo‘llari: ichki tartib – qoidalar: jamoat tashkilotlarining nizomi: ishchi sharafi kodeksi: ishlab chiqarish odob qoidalari: ishtirokchiga ta’sir etish shakllari. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy ) usullar; siyosiy targ‘ibot: mehnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish: ma’muriy faoliyatni nazorat qilish: mehnatkashlarni boshqarishga jalb qilish shakllari Ijtimoiy tartibga solish usullari: shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar ma’naviy talab va manfaatlarni qondirish navbati va boshqalar Ma’naviy rag‘batlantirish usullari ikki xil bo‘ladi: Jamoaviy va shaxsiy ma’naviy rag‘batlantirishlar. Bular: “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar: faxriy unvonlar berish: orden va medallar berish: minnatdorchilik izhor etish: hurmat taxtasiga qo‘yish: qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va hakozolar. Psixologik usullarga quyidagilar kiradi: kichik guruh va jamoalarni shakllantirish mehnatni insonparvarlashtirish (gumanizatsiya) psixologik rag‘batlantirish kasb-malaka bo‘yicha tanlash va o‘qitish Psixologiya ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlariga ega bo‘lgan sub’yektning ichki, psixik xolatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganar ekan, o‘zining bir qator asosiy tushunchalariga ega. Insonlarning o‘zaro munosabatlari, muloqoti, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ya’ni o‘zaro boshqaruv, birgalikdagi faoliyat natijalarida xosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, xissiy kechinmalar, vujudga keladigan tasavvurlar, fikr va g‘oyalar turli xil jarayonlarda vujudga keladi, bunday jarayonlarni psixik jarayonlar deb atash mumkin. Psixik jarayonlar – bu obyektiv olamni subyektiv aks ettirishning turli shakllaridir. Psixik jarayonlar psixik funksiyalar deb ham ataladi. Psixik jarayonlarning asosiy turlari sezgi, idrok, xotira, tasavvur, hayol, tafakkur, nutq, hissiyot, iroda bo‘lib ular o‘z navbatida uch guruhga birikadi: bilish jarayonlari, irodaviy jarayonlar, xissiy jarayonlar. Faollik – bu insonlarda “o‘z kuchi bilan javob qilish” qobiliyatini bildiradi. Insonlarni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling