Shukurullo mardonov umida zokirova


 Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

13.4. Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida
Komenskiy intizomning ahamiyati borligini ko‘rsatib “Intizomsiz 
maktab suvsiz tegirmondir” degan chex maqolini keltiradi. U O‘rta asr 
maktablarida kaltak vositasi bilan uradigan intizomga qarshi chiqadi. 
Kaltak, xipchin - qullik qurolidir deydi. U bolalarga insoniy muomalada 
bo‘lishni tavsiya etadi. Bunda u o‘qituvchi namuna ko‘rsatishi, samimiy 
ochiq xayrixohliga, o‘qituvchining bolaga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, 
bolani ko‘pchilik oldida, o‘rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash 
intizomlilikka olib keladi deydi.
Komenskiy o‘qituvchining vazifasi haqida fikr bildirib o‘z davridagi 
iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid qiladi.
O‘qituvchilikni “er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq 
turadigan juda fahrli kasb” deb hisoblaydi. O‘sha davrda o‘qituvchiga 
hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy axolining o‘qituvchiga hurmat 
bilan qarashini talab etish bilan o‘qituvchining ham vazifasini ko‘rsatib 
o‘tadi. Uning fikricha o‘qituvchi sof vijdonli ishchan axloqli bo‘lishi, 
o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga o‘z farzandlaridek muomala qilishi
o‘zi namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi kerak deydi.
13.5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati
Hulosa qilib aytganda Komenskiining pedagogik nazariyasi va 
“Buyuk didaktika” asarida o‘qitish haqida ilmiy ta’limot yaratildi va 
quyidagi masalalar asoslab berildi. Insoniyat baxt-saodatining muhim 
vositasi sifatida umumiy ta’limni amalga oshirish; yosh avlodga chuqur 
va keng ma’lumot beradigan maktablar tizimini yaratish, xotin-qizlarga 
ham erkaklar singari bilim, ma’lumot berish; maktabgacha tarbiyaning 
mukammal tizimini ishlab chiqish, hamma bolalarga aniq bilimlar 
berishni talab etish; didaktik tamoyillarini asoslash; ta’limning sinf-
dars tizimini yaratish.
Shunday qilib ajoyib slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy 
butun dunyoda pedagogaka ilmiga, pedagogak fikrlar va maktablar 
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun ham butun 
insoniyat Komenskiyni behad qadrlaydi.
Uning darsliklari ko‘p tillar, jumladan rus tiliga tarjima etiladi. 


232
Komenskiyning yozgan asarlari 150-yildan ortiq bashlang‘ich ta’lim 
uchun darslik sifatida xizmat qildi. Uning pedagogaka sohasida yaratgan 
darsliklari hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling