Shukurullo mardonov umida zokirova
Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va darsliklari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
13.2. Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va darsliklari
O‘sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo‘lib turar edi. Chex qardoshlari jamoasi o‘zining mustaqilligi uchun nemis dvoryanlari tomonidan haydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy xotini va bolasidan judo bo‘ladi. Qo‘lyozmalari esa yo‘qoladi. Jamoa Polshaning Leshko shahrida yana tiklanadi. Komenskiy u erda gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining qariyb 80-yillik umri davomida xalq ta’limining turli masalalariga bag‘ishlangan asarlar, darsliklar yaratadi. Masalan: 1631- yil “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi”, 1632-yilda “Buyuk didaktika”, 1632-yilda maktabgacha tarbiya masalalariga bag‘ishlab, “Ona maktabi”, 1648-yilda “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari” nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya darsligida u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi. Tanqli pedagog olim S.Rajabov Komenskiyning faoliyatiga baho berib, u faqat “Buyuk didaktika” asarini o‘zini yozib qoldirganda ham pedagogikada o‘lmas iz qoldirgan bo‘lur edi, deb ta’kidlaydi. Komenskiy yuqoridagi asarlari bilan butun dunyoga taniladi, ko‘p mamlakatlar uni taklif eta boshlaydilar. Masalan: “Buyuk didaktika” asarida ilgari surgan “Pan Sofiya” g‘oyasini (ya’ni hamma narsani bilish hamma uchun bilim berish) Angliyaning ilg‘or kishilari tomonidan quvvatlanib, parlamenti tomonidan Angliyaga taklif qilinadi. U 1641-yil Angliyaga keladi, lekin u erda grajdanlar urushi boshlanib ketganligi sababli Komenskiy faoliyat ko‘rsata olmaydi. U Shvetsiyada lotin tili darsligini va til o‘kitish uslublarini ishlab chiqadi. Komenskiy o‘z vatanini juda sevadi, uning mustaqilligi uchun kurash olib boradi. U o‘zining ko‘p asarlarida o‘z xalqining tilini saqashga, sevishga undaydi. 226 Xo‘sh, Komenskiyning dunyoqarashi nimadan iborat edi? Komenskiy dunyoqarashida 3 xususiyatni ta’sirini ko‘ramiz: 1. Natural falsafaga asoslanishi (ya’ni XVI-XVII asrda yashagan ingliz faylasufi Bekon nazariyasiga asoslanishi). U Bekonning sensualistik falsafa nazariyasini ravojlantiradi. Komenskiy ham o‘qitish jarayoniga shu nuqtai nazardan qarab, bilim sezishdan boshlanadi, sezish bo‘lmagan erda bilim ham yo‘q deydi. 2. Talim va tarbiyani diniy talimot bilan qo‘shib olib borish. Uyg‘onish davri ta’sirida vujudga kelgan tarbiyani takomillashtirish (yani odamlarga nisbatan muhabbat, odamlarning yaxshilik yaratishga ishonch bilan qarashi). 3. Komenskiyning o‘z dunyoqarashida tashqi ob’ektiv dunyoni hukm surishiga ishonadi, dunyo qarama-qarshiliklardan iborat ekanligiga, qotib qolgan emasligiga, u o‘sishda, o‘sish esa o‘z qonuniyatiga, ya’ni xudoga tegishli ekanligiga ishonadi. Borliq dunyoni sezish organlari orqali bilamiz. Agar aql ojizlik qilsa, xudoga yolvorish kerak deydi. Komenskiyning dunyoqarashida stixiyali materializm va realizm- ning ba’zi belgilari bilan dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib ketganligini ko‘ramiz. Bu uning pedagogik nazariyasida ham o‘z aksini topadi. U bir tomondan tabiiy bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi tomondan dinni o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling