224
XIII BO‘LIM. YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK
TIZIMI
Reja:
1. Ya.A.Komenskiyning ijtimoiy pedagogik faoliyati.
2. Komenskiyning talim- tarbiyaga oid asarlari va darsliklari.
3. Komenskiy bolalarning yoshi xususiyatlari, o‘qitishning
mazmuni hamda ahlok haqida.
4. Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida.
5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati.
Tayanch tushunchalari: “Chex qardoshlari”, “Tillar
va hamma
fanlarning ochiq eshigi”, “Buyuk didaktika”, “Onalar maktabi”, “Hislar
vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari”, tarbiyaning
tabiatga uyg‘unligi, bola yoshini davrlashtirish, sinf dars tizimi.
13.1. Yan Amos Komenskiyning ijtimoy pedagogik faoliyati
Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592-yil mart oyida
Chexoslovakiyaning Ugorskiy Brod degan joyida tegirmonchi oilasida
tug‘iladi. Uning oilasi ruhoniy “Chex qardoshlari”
jamoasiga tegishli
bo‘lib, o‘zlarini Yan Tusning davomchisi deb hisoblar edilar. Yan
Tus katolik cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulhanda yoqib
o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni
maqsad qilib oladi. Ularning maqsadi demokratik g‘oyani ilgari surib,
Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga
yig‘ishdan iborat edi.
Komenskiy ota-onasidan juda yosh etim bo‘lib qoladi.
Shuning
uchun u 16 yoshgacha o‘qiy olmaydi. 16 yoshida “Chex qardoshlari”
jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o‘qishga kiradi. Bu erda u
tarbiya tizimining yomonligini, o‘qitish uslublarining yaxshi emasligini
ko‘radi. U “Men o‘sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimiz
orqada ekanligini ko‘rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo‘lishini
o‘yladim» - degan edi. Komenskiy
maktabni tugatgach Gerbern
universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg
universitetida ma’ruza kurslarini tinglaydi. U erda ilg‘or professorlar
225
ishlar edilar.
U
Avstriya, Gollandiyada bo‘lib, u erdagi iqtisodiy,
siyosiy va
madaniy turmush bilan tanishadi, o‘rganadi va o‘zining
ilmiy dunyo-
qarashini kengaytiradi. U xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgach, chex
qardoshlari jamoasida ruhoniy bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga maktab
ochib, o‘zi unga rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: