Shukurullo mardonov umida zokirova
Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
1.5. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya
masalalari Eramizdan oldingi minginchi-yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar rivoyatl” ga kiritilgan. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu ahloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ma’lumotlarga ko‘ra “Avesto” eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar maxsuli sanaladi. Hamda davrlar o‘tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha manbalarda to‘liq kitob holida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri keladi, deyiladi. “Avesto”ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya boqish bilan shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish, qurbonlik natijasida mollar qirilib ketayotganini hamda qabilalar o‘rtasidagi 28 nizolarni ko‘rib, uni oldini olishni o‘ylaydi va o‘z ta’limotini targ‘ib eta boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ‘ib etib chiqadi, kuchli hokimiyat o‘rnatib, er yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani himoya etadi. Zardushtning yangi ta’limotini istamagan qabila boshliklari uni taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o‘z dinini o‘sha erda tarkib toptiradi. “Avesto”ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi. Shox Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng tarqaladi. Adabiyotshunos X.Xamidov Zardushtning shox Gushtasp vazi- rining qizi Xavoviga uylangan, undan uch o‘g‘il - Istavatra, Urva- tatnara, Xvarachira va uch qiz - Freni, Triti, Pourichista nomli qizlari bo‘lganligini keltiradilar (93, 87-88 b.). Vishtaspning farmoniga ko‘ra 1200 bobdan iborat “Avesto” ni oltin taxtaga yozdirilib, shox otashkadasiga topshiriladi. Manbalarda “Avesto” ning kitob holidagi matni eramizdan oldingi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nushasi Iskandar istilosigacha Istahr shahrida saqlangan. Iskandar Istahrni bosib olgach, “Avesto”dagi tibbiyot, nujum, ilmu hikmat sohalariga oid matnlarni yunon tiligi tarjima qilib, boshqasini yoqib yuborishga buyurgan. Ba’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nushasi 1324-yilda ko‘chirilgan bo‘lib, Kopingagen kutubxonasida saqlanishini aytishsa (N.Mallayev), boshkalar esa (V.A.Livits) 1288-yilda eng qadimgi qo‘lyozma nushasi yaratilganini aytadilar. Zardushtiylik ta’limotini jamg‘arilgan Zardushtning kitobi bizgacha 2 nushada etib kelgan. Birinchisi - duolar to‘plamidan ibrat bo‘lib, “Vendidot” - sede, ya’ni “Pok Vendidot” deb ataladi (A.Irisov). Bu kitobga “Yasna”lar, “Vispered” ham kiritilib, bir butun tarzda shakllangan. Ikkinchisida ham, birinchisidagi kabi “Vendidat”, “Yasna”, “Vispered”lar kiritilgan bo‘lsa ham, bu kitob tarjima qilinib sharhlar bilan beriladi. Shuning uchun ham sharhli nushasi “Avesto va Zand” yoki “Zand Avesto” deb yuritiladi. Ikkinchi variantiga binoan “Avesto» quyidagi qismlardan iborat: 1.”Vendidot” 22 bobdan iborat. Asosan, Axuru Mazda bilan 29 Zardushtning savol-javobi shaklida yozilgan bo‘lib, u yomon ruhlarni, devlarni engach voqealari, gunohlardan pok bo‘lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni devlarga qarshi qonun, qonunnoma bo‘lib, yomonlik timsoli bo‘lgan devlarga nafrat bilan qarashdan iboratdir. Axura Mazda yurtida yaxshilik, hayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anxra Manu (Axriman) o‘z yurtida yomonlik yaratadi. 2. “Visparad”. U 24 bobdan iborat. “Visparad” ibodat qo‘shiqlarini o‘z ichiga oladi. 3.”Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlar paytida, qurbonlikka chaqirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar madhiyasi va boshqalar. Uning 17 bobi Gotlar deb ataladi. Bular “Avesto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi. 4. Yashtlar. U zardushtiylik xudolari va ma’budalari madhiga aytilgan 22 qo‘shiq (Gimnlar)ni o‘z ichiga oladi. 5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga yig‘ilgan kichik ibodat tekst (Gimnlar)idan iborat. Zardushtiylik to‘g‘- risida so‘z borganda unda to‘g‘rilik bilan yashash va ahloqiy unsur larga asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, “Avesto”da zardushtiylikning insonga, insonning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati “got”larda to‘liq yoritilgan. Tarbiyaviy manba sifatida “Avesto” katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytganimizdek, Zardusht qadimgi qabilalardagi diniy e’tiqodlarni isloh qilgan. Zardusht ta’limotining yangiligi shundaki, Axura Mazda (Qodir iloh_dunyoda adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi: Anxra Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi. “Avesto” ning mazmuni haqida uning bizgacha etib kelgan parchalari matnlariga asoslanib quyidagilar ifodalanganini ko‘ramiz: “Vendidot”ning dastlabki uch bobida xalq hayotida erning qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Masalan, 1 bobida yovuzlik va adolat o‘lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda tinchlik o‘lkasi, Adolat o‘lkalarning asoschisi, Angro Manvyu esa jaholat urug‘ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Ana shu o‘lkalardan 17 o‘lka sanab o‘tiladi. “Avesto”da tasvirlangan Adolat o‘lkasining keyingi davrlardagi nomlarini quyidagicha keltiradi: 30 1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg‘og‘idagi, yoki Amu va Sirdaryo deltasidagi o‘lka. 2. Gava-So‘g‘diyona. 3. Mouru (Margav) - Marshana (Marv, hozirgi Mari). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya-Nisa, Parfiya poytaxti. 6. Xaroy -Isfaxonda bir joy. 9. Xnenta - Gurkaniya. 10. Xaraxvaiti - Garut (Araxoziya bilan bog‘liq). 11.Xetumant - Gilmenda havzasidagi viloyat. 12. Raga - Midiyadagi bir shahar, Ray Tehronga yaqin. 13. Chaxra - Xurosondagi bir joy. 14. Varna - janubiy Kaspiy buyi viloyati. 15. Xapta Xindav - Inda, Panjob havzalari hududi. 16. Rangxa irmoqlari - mifologik o‘lka. Ikkinchi bobda Yima haqida afsona keltiriladi. Unda erni uch barobar ko‘paytirish, odamlarni, hayvon va o‘simliklarni himoya qilish uchun chegara belgilanadi. Erning suvdan paydo bo‘lganligi haqida qadimgi Hind-Eron qabilalarining dastlabki tasavvurlari ifodalanadi. Keyingi boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanadi, olov, suv, er, chorva, daraxt, o‘simliklar ulug‘lanadi, kohinlar, harbiylar, dehqon va chorvadorlar madh etiladi. hayvonlarga zulm o‘tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo‘limda gigiyenaga oid qoidalar: tirnoq va sochlarni parvarish qilishga ham e’tibor beriladi. “Avesto”da biz inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning ma’lum bir tizimini ko‘ramiz. Xatto “Avesto”ni dastlabki pedagogik asar desak ham xato qilmagan bo‘lamiz va eng qadimgi davrlarda xalqimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlariga oid qiziqarli materiallarga ega bo‘lamiz. Shuningdek tadqiqotchilar ham uni diniy xarakterga ega bo‘lishi bilan birga falsafa, siyosat, ta’lim-tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida va uning kelib chiqishi haqida muhim fikrlar bayon etadilar. Xulosa qilib aytganda, “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib eti- shishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat Sharq xalqlarining emas, g‘arbning ham muqaddas merosi bo‘lib qoldi. Zardushtiylik axloqining asosiy uchligini jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling