Shukurullo mardonov umida zokirova
-jadval ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
1-jadval
ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklari ham VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Garchi Urxun-Enisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bagishlanmagan bo‘lsa ham, ulardan o‘sha davr axloqiy talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. Xususan, xoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifok bo‘lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy hislatlari jamiyat har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo turk qabilalaridan turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan.). Hoqonlik 603-yilda Sharqiy va G’arbiy hoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa Turk hoqonligi tugallanadi. Turk hoqonligi asosan 3 kishi: Bilga hoqon (Mog‘ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo‘lida markazlashgan edi. Bilga hoqon (Mog‘ilyon) hoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri dono bo‘ladi. Bitig toshlarda turk hoqonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko‘r- satgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekan- ligi bayon etiladi. O‘z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asorat- dan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash hoqonlar Bo‘ min, Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari - Bilga hoqon va lash karboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda 32 eng qadrlanadigan hislat - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo‘lgan. Bu hislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu hislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan. Eng qadimgi ota-bobolarimiz insonda ulug‘lagan axloqiy hislatlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling