Shukurullo mardonov umida zokirova
Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
3.2. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari
Al-Xorazmiy (783-850) jahon matematika fanining buyuk na- moyandasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tahminan 783 y. Xorazmda tug‘iladi. U boshlang‘ich ma’lumotni o‘z uyida otasidan olgan. Chunki uning otasi o‘qimishli bo‘lgan. Qadimiy diniy urf-odatlarni, erli xalq yozuvlarini bilgan. Diniy va ilmiy adabiyotlardan xabardor bo‘lgan. Shuning uchun al-Xorazmiy bolaligidayoq bu ilmiy manbalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lgan. Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug‘ullangan. Shu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o‘rgangan. U arab, fors, yunon tillarini ham o‘rganib, bu tilda yaratilgan asarlarni ham o‘qiy olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U “Al jabr va al-muqobala” asari bilan 51 matematika fanini rivojlantirdi hamda amalda qo‘llash usullarini bayon etdi. “Al-jabr” keyinchalik matematikaning alohida bo‘limiga aylandi va “Algebra” deb ataladigan bo‘ldi. Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan. Xorazmiy hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Shuningdek olim “Er sathini o‘lchash”, “Quyosh soati to‘g‘risida”, “Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash” kabi asarlari bilan fan sohasiga juda katta hissa qo‘shdi. Bular ma’rifiy-tarbiyashunoslik jihatidan ham hozirgi kunda ahamiyatga molikdir. Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birin- chilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U bi- rinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy evropa va sharqda falaqiyot va matematika sohasida yangi davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy tufayli “Arab raqamlari” nomi bilan butun dunyoga yoyildi. Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan er xaritasi ham sharq va g‘arb olimlari uchun tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga ko‘shgan hissasi bilan insonni aqliy kamolga etkazishda, ta’lim-tar- biyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling