Shukurullo mardonov umida zokirova


II BO‘LIM. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

II BO‘LIM. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR 
TARAKQIYOTI
Reja:
1. Islom dini tarqalgandan keyin Movarounnahrda ta’lim tizimi.
2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni.
3. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va uning 
“Al-jome as-sahih”, “Al-adab al-mufrad” asarlarida tarbiya masalalari.
4. Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: 1. Maktab, madrasa, ta’lim tizimi, hadis, 
sunna, hadis ilmi, muxaddis, hadis ilmida “Oltin davr”, hadislarda 
ilgari surilgan insoniy hislatlar: mehr-muruvvat, sahovat, ilm, hurmat-
ehtirom, Vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, 
poklik, do‘stlik, tinch-totuvlik.
2.1. Islom dini tarqalgandan keyin
Movarounnahrda ta’lim tizmi
VII asr boshlarida tashkil topgan Arab xalifaligi o‘z mavqeini mus-
tahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt eta boshladi. Eron, 
Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya ham xalifalik 
tarkibiga kiritildi.
VII asrdan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum boshladi. 
VIII asr o‘rtalarida esa butun Movarounnahr zabt etildi, natijada bu 
o‘lkada ham xalqqa islom dini qabul qildirildi. Arablar istilo etgach 
Movarounnahrda ham islom g‘oyalariga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi 
o‘rnatila boshlandi. Va yangi tizimga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari 
paydo bo‘ldi. Islom dini qabul qilingan joylarda machitlar, machitlar 
qoshida esa maktablar tashkil etildi. Arab tilini o‘rganish joriy etildi
maktablarda ta’lim arab tilida olib borilar va u erda asosan “Qur’oni 
Karim” o‘rganilar edi. Arab bo‘lmagan bolalarga islom dini asoslarini 
o‘rgatish maqsadida “Xaftiyak”, “Chor kitob” kabi darsliklar o‘qitilardi.
XII asrdan boshlab, islom dinini turkiy tilda yozilgan asarlarda 
ham ommalashtirish boshlandi. Misol tariqasida Ahmad Yassaviyning 


36
“Xikmatlar” asarini keltirish mumkin. Xalq asosan, o‘z ona tilida 
so‘zlashsa ham, yozuv arab alifbosida edi. U davrda savod chiqarish 
harf va so‘zlarni yozishni o‘rganishdan boshlanar edi. Maktab 
so‘zining, arabcha “yozuv o‘rgatadigan joy” deb nomlanishi ham ana 
shundandir. Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash o‘rgatilgan, 
bundan tashqari, o‘smirlarga savdo san’ati, arab tili, mantiq, notiqlik, 
xusnixat, arifmetikadan saboq berilgan.
Har bir maktab o‘quvchisining soni 30-40 dan oshmagan. Machitlar 
huzuridagi maktablarda asosan “Qur’on” o‘qitilgan.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling