Shukurullo mardonov umida zokirova
Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati
13.4. Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida
Komenskiy intizomning ahamiyati borligini ko‘rsatib “Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir” degan chex maqolini keltiradi. U O‘rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan uradigan intizomga qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin - qullik qurolidir deydi. U bolalarga insoniy muomalada bo‘lishni tavsiya etadi. Bunda u o‘qituvchi namuna ko‘rsatishi, samimiy ochiq xayrixohliga, o‘qituvchining bolaga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, bolani ko‘pchilik oldida, o‘rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi deydi. Komenskiy o‘qituvchining vazifasi haqida fikr bildirib o‘z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid qiladi. O‘qituvchilikni “er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda fahrli kasb” deb hisoblaydi. O‘sha davrda o‘qituvchiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy axolining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etish bilan o‘qituvchining ham vazifasini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha o‘qituvchi sof vijdonli ishchan axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga o‘z farzandlaridek muomala qilishi, o‘zi namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi kerak deydi. 13.5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati Hulosa qilib aytganda Komenskiining pedagogik nazariyasi va “Buyuk didaktika” asarida o‘qitish haqida ilmiy ta’limot yaratildi va quyidagi masalalar asoslab berildi. Insoniyat baxt-saodatining muhim vositasi sifatida umumiy ta’limni amalga oshirish; yosh avlodga chuqur va keng ma’lumot beradigan maktablar tizimini yaratish, xotin-qizlarga ham erkaklar singari bilim, ma’lumot berish; maktabgacha tarbiyaning mukammal tizimini ishlab chiqish, hamma bolalarga aniq bilimlar berishni talab etish; didaktik tamoyillarini asoslash; ta’limning sinf- dars tizimini yaratish. Shunday qilib ajoyib slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogaka ilmiga, pedagogak fikrlar va maktablar taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni behad qadrlaydi. Uning darsliklari ko‘p tillar, jumladan rus tiliga tarjima etiladi. 232 Komenskiyning yozgan asarlari 150-yildan ortiq bashlang‘ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Uning pedagogaka sohasida yaratgan darsliklari hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling