Shukurullo mardonov umida zokirova
maktab, real bilim yurtlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi.
9 yoki 10-yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6-yil davom etadi (5-10-sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish hukukiga ega bo‘ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13-sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13-sinflar oliy o‘kuv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79%, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5-yilni tashkil etadi. O‘kish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi-yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taaluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi-yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. o‘quvchining birinchi-yildan ikkinchi-yilga o‘tish sinov 250 imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi-yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, fideral erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1-yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihnsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha-yilga saylangan Prezident boshqaradi.O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi. Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhoka- ma qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7-yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha-yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat hilishni hisobga olsak, talabalar qaqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi maktab tipi uchun maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning bo‘lajak o‘qituvchilari olti semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘qituvchilari ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish tamomlangandan keyin o‘qituvchilikka nomzodlarning hammasi imtihon topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar va ikkinchi imtihon topshiradilar. O‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga 251 ko‘ra umrbod lavozimga tayinlanadi. Quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Bo‘lajak o‘qituvchilar 3-yil o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki-yillik pedagogik amaliyotdan o‘‘tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar. Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini baholab, tegishli tavsiyalar beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtihon va tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi o‘qituvchi bir-yilga sinov muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘yilgan talablarni bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling