Shukurullo mardonov umida zokirova
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi: fransuz tili va
adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar. Shunday qilib 6-5-sinflarda umumiy o‘rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi bosqich yakunlagach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. Shundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3-yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi. O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugattanlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ish uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar. Fransiyada talablar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imthonsiz qabul qilinaveradi. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘kish muddati 2-yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi. Sirtqi ta’lim shohabchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rah barlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bun- day markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi. O‘qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘‘tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki-yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Aksariyat hollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Shu ikki-yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u 248 yana qaytarilib o‘qituvchilikka o‘tkaziladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi. O‘qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi ishlamaydigan o‘qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o‘qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o‘rtasidagi obro‘si diqqat bilan o‘rganiladi va tegishli chora ko‘riladi. Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchilar o‘z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o‘qituvchilar o‘z ixtiyor- lari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqtlari va mablag‘lari hisobiga malaka oshiradilar. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling