Shukurullo mardonov umida zokirova


 Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

14.3. Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga
xos xususiyatlari
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868-yillarda boshlangan. 
Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani: birinchi - boyish, ikkinchi - G’arb 
texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo‘yadi 
va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan 
o‘zgartirish kerakligi aytildi.
1872-yili “Ta’lim haqida”gi qonun qabul qilindi. Bunda Yapon 
ta’limi G’arb ta’limi bilan uig‘unlashtirilgan. 1908-yilda Yaponiyada 
boshlang‘ich ta’lim majburiy 6-yillikka aylantiriddi. 1893-yili kasb 
yo‘nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo‘ldi.
1946-yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim soha-
sidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul 
umumiy ta’lim olishlari belgilab qo‘yilgan.
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarinig tarkibi quyidagicha: 
bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori 
o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlaridan iborat.
Bolalar bog‘chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar 
qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 
1-yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasiga 6 yoshdan 15 
yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6-yillik 
boshlang‘ich maktab va 3-yillik kichik o‘rta maktab kursini o‘taydilar. 
9-yillik bu ta’lim majburiy bo‘lib, barcha bolalar bepul o‘qitiladilar va 
tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori o‘rta maktab. Bu maktablar ta’lim yo‘nalishining 10-,11-,12- 
sinflarini o‘z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining 
kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlari mavjud. Kunduzgi yuqori 
bosqichli maktablarida o‘qish muddati 3-yil. O‘quvchilarning 95 foizi 
kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. Bu tarzdagi maktablarda o‘qish 
ixtiyoriydir. Unda quyi o‘rta maktablarni bitirgan yuqori bosqich o‘rta 
maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 yoshdan 18 
yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlar qabul qilinadi. Unda umumiy 
ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat
qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa 
maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo‘shib hisoblaganda 95 


242
foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisos-
lashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Yaponiyada boshlang‘ich, o‘rta va oliy o‘quv yurtlaridan tashqari
bir-biridan farq qiluvchi “Ixtisos maktablari” va “turli” maktablar ham 
mavjud. Ularning ko‘pchiligi xususiy bo‘lib, turli firma, konsern va 
sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, 
mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinalari uchun 
dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasblar o‘rgatiladi. Yaponiyada 
ham turli xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktablar 
mavjud.
Boshqa maktablardan farqli o‘laroq, Yaponiya maktablarida o‘qish 1 
apreldan boshlanib, kelasi-yilning 31 martida nihoyasiga etadi.
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv-yili uch semestrga 
bo‘linadi: aprel-iyul, sentyabr-dekabr, yanvar-mart. Katta o‘rta 
maktablarda esa o‘quv-yili 2 yoki 3 semestrga bo‘linadi.
O‘kuv-yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 
60 kun ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab 
soat sakkiz yarimda boshlanib, uchdan keyin tugaydi. O‘kuvchilar 
xaftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo‘yicha 
mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo‘ladilar.
Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quv-
chilar 80 ta sinov topshirishadi. O‘kuvchilar majburiy asosiy fanlar-
dan tashkari o‘z xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va 
maxsus sinovlarga jalb etiladilar. Yapon maktablari elektron hisob lash 
mashinalari va boshqa o‘quv texnika vositalari bilan to‘la ta’min lan-
ganligiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor o‘qituvchi 
faoliyati va darslikka qaratilmog‘i kerak. Ularning fikricha, o‘qituvchi 
va o‘quvchi o‘rtasidagi jonli muloqot o‘rnini har kancha, takomillashgan 
mashina ham bosa olmaydi.
Deyarli barcha darsliklar xususiy bosmaxonalarda chop etiladi. Ularni 
chop etishga mablag‘ni vazirlik ajratadi. Yuqorida kayd etilgandek, 
darsliklar boshlang‘ich va quyi o‘rta maktablarda bepul, yuqori o‘rta 
maktablarda esa pullikdir. Darsliklar narxi shundayki, ularni harid 
qilishga hammaning imkoniyati bor. Foydalanilgan darsliklar pullik 
bo‘lsa ham, tekin bo‘lsa ham o‘quvchining o‘zida qoldiriladi.
Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta talablar 


243
qo‘yiladi. Bu talablar shundayki, mazkur kasbga iqtidorsiz va yo‘nalishi 
to‘g‘ri kelmaydigan tasodifiy kishilarning kirib qolishi amalda mumkin 
emas. O‘kituvchilar 4-yillik dorilfununlarda va 2-yillik kollejlarda 
tayyorlanadi. Bu o‘quv yurtlarinig bitiruvchilariga birinchi va ikkinchi 
darajali guvohnomalar beriladi.
Maktab direktori bo‘lish uchun 1-darajali guvohnomaga ega bo‘lish 
shart. Yapon o‘qituvchilarinig jamiyatda tutgan obro‘-e’tibori katta. 
Binobarin, ularning maoshlari ham yuqori, 74 foiz o‘qituvchi jamoa 
va kasaba uyushmasiga a’zo. Bu ularga ta’lim mazmunini va uslubini 
muhokama qila olish imkoniyatini beradi.
Yapon o‘qituvchilari har 5-yilda malaka oshirish kurslarida o‘qib 
qaytadilar. Malaka oshirish o‘qituvchilarning o‘zlari uchun katta 
hxtiyojdir. Chunki Yaponiya maktablari dasturi 10-yilda davr taqzosiga 
ko‘ra o‘zgaradi. Dasturlardagi-yillik o‘zgarishlar esa anjumanlar 
o‘tkazish yo‘li bilan o‘qituvchilarga etkazib boriladi. 
O‘qituvchilar o‘zlariga ishonib topshirilgan 35-40 o‘quvchining 
bilimi va tarbiyasi uchun javobgardirlar. Shu bois ular darsdan 
bo‘sh vaqtlarini o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan suhbatlarga, 
xonadonlarga tashrif ishlariga bag‘ishlaydilar.
Yaponiyada oilaviy budjetning katta qismi bolalarning sara 
maktablarda puxta bilim olishlarini ta’minlashga, universitetlarga kirib 
bilim olishlariga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun 
barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Bola tarbiyasida onalarning 
roli va ma’suliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, 
muloyim, odil va mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun oila sulolasi va 
davlat oldida o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydilar.
Turli ta’limiy ko‘nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon 
maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi ko‘pchilik 
oldnda nutq so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lishi, 6-sinf o‘quvchisi kamida 
2 ta cholg‘u asbobida kuy chala bilishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 
suvda bemalol suza olishi kerak.
Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12-yillik oddiy maktabni 
tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 
tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. 1-toifadagi 
universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda 
esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki 
bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi; buning uchun 


244
yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik
tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘‘tadilar.
Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar 
va yana sinovdan o‘‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz 
shaxobchasiga ega (bog‘chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab 
oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. 
Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4-yillik o‘qish 5-6-yilgacha 
cho‘zilib ketishi mumkin).
Kollejlar:
-1-kichik kollej;
-2-texnik kollej;
-3-maxsus kollejlarga bo‘linadi. Uni bitirgan talabalar bakalavr 
diplomini oladi va universitetning 2- yoki 3- kurslariga qabul qilinadi.
Yapon dorilfununlarida talabalar o‘quv jarayonida 140-150 sinov 
birligi (kredit) topshiradilar. Ularda baho mezoni - “a’lo”, “yaxshi”, 
“qoniqarli”, “qoniqarsiz”. Yapon dorilfununlari asosan yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga qaramay, Yaponiyada “Dorilfunun 
kishini bilim va kasbga yo‘naltiradi xolos, uni takomillashtirish, 
mukammallashtirish o‘ziga bog‘liq” deb hisoblaydilar.
Yaponiya dorilfununida bitiruvchilarning mutlaq ko‘pchiligi xalq 
xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qiladilar. Oliy ma’lumotli 
mutaxassislar soni jihatidan Yaponiya jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. 
Ming kishiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to‘g‘ri keladi. Bu 
ko‘rsatkich AQSHda har ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, 
Fransiyada 115 nafardir.
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni aholini zamonaviy 
texnik hamda texnologik jarayonlar bilan jihozlangan hozirgi zamon 
sanoatida samarali ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga 
muhim ijtimoiy vazifani bajaruvchi, jamiyatning olg‘a siljishini 
ta’minlovchi dargoh deb qaraladi va xalq tomonidan e’zozlanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham 
shaklan, ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa, 
o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni - Yapo-
niyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi 
Amerika, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning 
ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o‘zlashtirilgan.


245

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling