Щзбекистон республикаси олий


- rasm. PK-19 tipdagi bir barabanli qozon agregati


Download 492 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi492 Kb.
#1623000
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Щзбекистон республикаси олий

20.6- rasm. PK-19 tipdagi bir barabanli qozon agregati.
20.6- rasmda bug’ ishlab chiqarish quvvati o’rtacha (35,5 kg/sek}, bug’ining bosimi PEO bar va o’ta qizigan bug’ning temperaturasi 510°S bo’lgan PK-19 qozon agregatining sxemasi ko’rsatilgan. qozonda bug’ni suvdan ajratish uchun maxsus chiqarishssiklonlari bor kattalashtirilgan o’lchamli (diametri 1,5 m li) bitta baraban-bug’ yirgich bo’ladi.
Ta’minlash suvi baraban-bug’ yirgichga suv ekonomayzeri 6 dan qozon koplamasining orqa devori va ship (tom) yopmasi bo’ylab barabanga o’tgan trubalar orqali keladi. Baraban-bug’ yig’gich / dan va qisman chiqarmassiklonlar 2 dan chiqqanssirkulyasiya suvi koplamaning tashqarisida joylashgan trubalar bo’yicha shlak shaxtasi 8 ning gidravlik zatvorida joylashgan ekranlarning pastki kollektorlariga tushadi.
Baraban-bug’ yirgichdan bug’ shipdagi trubalar bo’ylab bug’ sovitkichga yo’naladi, bu erda ta’minlash suvi yordamida qisman kondensatsiyalash yo’li bilan uning o’ta qizish temperaturasi rostlanadi. So’ngra bug’ o’txonani konvektiv shaxta bilan tutashtiruvchi gorizontal gaz yo’lida joylashgan bug’izdirgich 5 ga o’tadi. Bug’izdirgichdan bug’ chiqish kollektori 4 orqali iste’molchiga uzatiladi. Kollektorda saqlagich klapan 3 lar o’rnatilgan bo’ladi.
Qozon agregatining konvektiv shaxtasida ekonomayzerdan tashqari havo qizdirgich 7 ning ikki bosqichi ham joylashadi. Ventilyator haydab bergan havo qizdirgich orqali o’tib, tutun gazlar issiqligi hisobiga isiydi va o’txona kamerasining yon devorlariga joylashgan turbulent gorelkalar 9 ga yo’naladi.
O’txonada hosil bo’lgan Yonish mahsulotlari yuqoriga ko’tarilib, bug’izdirgich, suv ekonomayzeri va havo qizdirgichning trubalarini qamrab o’tadi, so’ngra atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Bunday qozonlar, xatto katta quvvatlilari ham, tabiiyssirkulyasiyali qozonlar jumlasiga kiradi. Majburiyssirkulyasiya faqat suv ekonomayzerlaridagina vujudga keltiriladi.
Qozonda bug’-suv aralashmasining zaruriy harakatlanish tezligi saqlangani holda uning metall qismlarining og’irligini kamaytirishga vassirkulyasiya karraliligini iloji boricha kamaytirishga intilish ko’p martali majburiyssirkulyasiyali qozonlar yaratilishiga olib keldi. Ularning ishlash sxemasi tabiiyssirkulyasiyali qozonlarning ishlash sxemalariga o’xshash bo’lib, faqatssirkulyasiya protsessi majburiy (sirkulyasion nasos yordamida) amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Lekin bunday qozonlar mamlakatimizdagi elektr stansiyalarida ishlatilmaydi. Ular metallurgiyada va boshqa sanoatlarda utilizator qozonlar sifatida keng ko’lamda ishlatilmokda.



Download 492 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling