Щзбекистон республикаси олий
Qo’shimcha isitish sirtlari
Download 492 Kb.
|
Щзбекистон республикаси олий
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-rasm. Bug’izdirgichlarda gaz bilan bug’ing harakatlanish sxemasi
- Ekonomayzerlar.
13.4.Qo’shimcha isitish sirtlari
Bug’ qizdirgichlar. Bug’izdirgichlar bug’ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo’ljallangan. Zonalar bo’yicha joylashuviga ko’ra bug’izdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillarga bo’linadi. Bug’izdirgichlar 30—40 mm li trubalardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha zmeeviklardan iborat. Ular gorizontal yoki ko’pincha,vertikal joylashtiridadi. Bug’ va tutun gazlari oqimlarining yo’nalishiga qarab bug’izdirgichlar qarshi oqimli, to’g’ri, oqimli. va kombinatsiyalangan (aralash) xillarga bo’linadi ( -rasm). qarshi oqimli bug’izdirgichlarda (- rasm, a) bug’ trubalarning birinchi (bug’ yo’li bo’ylab) o’ramiga kirib qiziy boshlaydi. U oxirgi o’ramlardan o’tayotganda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda trubalarning tashqi sirti tutun gazlarning eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. SHunday qilib, qarshi oqimli bug’izdirgichning isish sirtidan eng ko’p darajada foydalaniladi. Lekin ulardan bug’ni taxminan 400—450"S temperaturagacha o’ta qizdirish uchun ham foydalanish mumkin, chunki qarshi oqimli bug’izdirgichning boshlang’ich seksiyalari (tutun gazlarning yo’li bo’ylab) og’ir sharoitlarda ishlaydi. To’g’ri oqimli bug’izdirgichlarda ( -rasm, b) trubalarining birinchi o’ramlari (bug’ning yo’li bo’ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta-seknn pasayadi, bug’ning temperaturasi esa ko’tariladi. Buning natijasiyaa gaz bilan -bug’ning temperaturalari dastlab bir-biridan katta farq qiladi, oxirida esa bu farq juda kichik bo’ladi. Agar bunda bug’izdirgichga nam bug’ kiradigan bo’lsa, u holda namlik bug’langanida bug’ tarkibidagi tuzlar zmeeviklarning gazlar juda kuchli qizdira 21-rasm. Bug’izdirgichlarda gaz bilan bug’ing harakatlanish sxemasi digan qismlariga o’tirib usladi, bu bug’izdirgich trubalarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi. Kombinatsiyalangan bug’izdirgichlarda ( -rasm, v) to’g’ri oqim va qarshi oqimdan iborat kombinatsiyalar amalga oshiriladi. Bunda bug’izdirgichning eng ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ham, gazlar issiqligidan optimal foydalanish uchun ham eng qulay sharoitlar yaratiladi. Bu holda qizish sirti hajmining eng kichik bo’lishiga erishiladi. Ekonomayzerlar. Ekonomayzerlarda ta’minlash suvi o’txonadan chiqayotgan tutun gazlari hisobiga isiydi. O’rta va yuqori bosimli qozonlarda po’lat Ekonomayzerlar ishlatiladi (-rasm, a). Ular diametri 28— 42 mm li truba 2 lardan gorizontal zmeeviklar tarzida yasaladi. Past bosimli qozonlarda cho’yan Ekonomayzerlar ishlatiladi (- rasm, b). Ular alohida-alohida qovurg’asimon trubalar 2 dan yasaladi. Ta’minlash suvi patrubka / orqali ekonomayzerga beriladi, uning trubalari qizigan tutun gazlar bilan yuvilib turadi. Isigan suv patrubka 8 orqali qozonning bug’lantirish qismiga o’tadi. Download 492 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling