Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 440 Kb.
|
Iogann Cebastyan Bax ijodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar.
- Mavzu: Lyudvig van Betxovenning simfonik ijodi. Rejasi.
Nazorat savollari.
«Patetik sonata» qachon yozilgan va bu nom nimani bildiradi? «Oy sonatasi» qaysi tonalikda yozilgan? «Appassionata» so’zi qanday ma’noni bildiradi? Gaydn va Motsart sonatalari va Betxoven sonatalari o’rtasida qanday farq bor? Topshiriqlar. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing. Berilgan uchta sonatadagi asosiy musiqiy mavzularni chaling. Adabiyotlar. V. Galackaya. Muzikalg’naya literatura zarubejnix stran. Vipusk 3. M. 1983 g. A. Alg’shvang. Lyudvig Van Betxoven. (ocherk jizni i tvorchestva). M. 1970 g. Mavzu: Lyudvig van Betxovenning simfonik ijodi. Rejasi. Betxovenning simfonik ijodiga xarakteristika. Betxovening simfonik asarlariga xarakteristika (Simfoniya №3, «Qahramonlik simfoniyasi», Simfoniya №5). Bayoni: Boshqa klassik kompozitorlar kabi Betxoven ham butun ijodiy yo’li davomida simfonik orkestr uchun asarlar yozgan. U yaratgan to’qqizta simfoniya va o’ndan ortiq uvertyuralar bunga misoldir. Bu asarlarda Betxoven ijodining asosiy g’oyalari va mavzulari, obrazlari o’zining to’liq aksini topgan. Betxoven simfonik asarlari inson taqdiri, ruhiyatini butun keskinligi, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ifoda etilgani tufayli tinglovchini hayajonga soladi, o’y-mushohadalarga undaydi. Tasvirdagi ajib samimiyat bu asarlarga o’ziga xos joziba bahsh etgan. Simfoniyalar kompozitor simfonik ijodining asosini tashkil qiladi. Betxovenning simfoniyalari undan avvalroq ijod qilgan Gaydn va Motsart bu soxada erishgan yutuqlar zaminida yaratildi. Betxoven ular izidan borib bu janrda yuksak darajadagi badiiy asarlarni yaratdi. Uning to’qqizta simfoniyasi XIX asrning boshida yaratilgan. Tabiiyki bu asarlar XVIII asrda boshqa kompozitorlar yaratgan simfoniyalardan mavzulari, g’oyaviy mazmuni va musiqiy obrazlar xarakteri bilan farq qiladi. Faqat birinchi va ikkinchi simfoniyalarda Gaydn va Motsart uslubining ta’siri seziladi. Uchinchi simfoniyada Betxoven o’zining uslubini to’la namoyish qildi. Bu simfoniyada ko’rsatilgan qahramonlik mavzusi va o’z ozodligi va baxti uchun kurashgan qahramon inson obrazi kompozitorni beshinchi simfoniya, "Egmont", "Koriolan", "Leonora N3" nomli uvertyuralarni yaratishga ilhomlantirdi. To’qqizinchi simfoniya esa bu mavzu va obrazlarning rivojlanish cho’qqisidir. Bu asar simfoniya janrining rivojlanish tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. Simfoniya finalida kompozitor birinchi marta katta xor va yakkaxon qo’shiqchilar ijrosini kiritgan. Ozodlik va birodarlik mavzusini ifodalab berish uchun faqat orkestr ijrosi etarli emas, deb hisoblagan kompozitor F. Shillerning "Shodlik" nomli odasi tekstiga ajoyib musiqa yozdi va simfoniyani oratoriya janriga yaqinlashtirdi. Simfonik asarlarida Betxoven boshqa mavzularni ham ifodalagan. To’rtinchi simfoniyasida bahor va yoshlik, hayotga muhabbat mavzularini tarannum etdi. Oltinchi simfoniyasini esa tabiat mavzusiga bag’ishladi. Lekin Uchinchi simfoniyada yoritilgan kurash mavzusi kompozitorning yetuk asarlarining asosiy mavzusi bo’lib qoldi. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling