Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.59 Mb.
bet60/75
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1494349
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti

Tayanch iboralar.



  1. Meysterzinger - nemischa so’z. «qo’shiqchi usta» degan ma’noni bildiradi. XIV-XVI asrlarda Germaniyada hunarmand qo’shiqchilar san’ati rivojlangan.

  2. Tetralogiya - grekcha so’z «to’rt asar» degan ma’noni anglatadi. To’rt mustaqil, tugallangan bir mazmunga ega asarlar to’plami.

  3. Leytmotiv – nemischa so’z «asosiy musiqiy mavzu» degan ma’noni bildiradi. Asar davomida ko’p marta takrorlanuvchi biror obraz yoki xodisani tasvirlovchi qisqa musiqiy tuzilma.

Nazorat savollari.



  1. Vagner operalarida orkestrning roli qanaqa?

  2. Tetralogiya nima?

  3. Vagner operalarining mazmuni qanaqa?

  4. Vagnerning qanaqa adabiy asarlarini bilasiz?



Topshiriqlar.



  1. Ma’ruza asosida konspekt yozing.

  2. Vagnerning «Tangeyzer» va «Loengrin» operalaridan musiqiy mavzular yodlang.


Mavzu: Djuzeppe Verdi ijodi.
(1813- 1901)


Rejasi:

1. Kompozitor Verdi ijodiga xarakteristika.


2. Verdining "Rigoletto" operasi.


Bayoni:

Buyuk italyan kompozitori Djuzeppe Verdining ijodiy faoliyati yarim asrdan ko’proq vaqt davom etgan bo’lib Italiyaning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti bilan uzviy bog’lik. U yaratgan operalar butun dunyoga mashhur. Ulardagi kuylar barcha musiqa ixlosmandlariga yaxshi tanish. Kompozitorning vatani Italiyada esa xalq qo’shiqlariday aytib yuriladi. Verdi o’z asarlarida shaxs erkinligi va ozodligini, insonning eng ajoyib hislatlarini va kahramonligini madh etgan. Uning musiqasida italyan xalqining ozodlik uchun olib borgan kurashi yorqin aks ettirilgan. Chunki Italiya ko’p yillar davomida Avstriya imperiyasining zulmi ostida edi.


Katta ijodiy yuli davomida Verdi 26 ta opera yaratdi. Unga katta shuhrat keltirgan dastlabki operalaridan biri "Nabukko" 1841 yilda yozilgan. Unda yaxudiy xalqining tutqinlikdagi azoblari va ozodlik uchun olib borgan kurashi tasvirlangan edi. 1842 yilda yozilgan "Lombardiyaliklar", 1845 yili yozilgan "Janna d`Ark", 1846 yilida yaratilgan "Attila" operalarida ham vatanparvarlik va qahramonlik mavzulari aks ettirilgan.
Verdi doim operalariga syujet qidirganda katta g’oyaviy mazmunli, kuchli dramatizmga ega bo’lgan va yorqin karama-karshiliklarga boy adabiy asarlarni tanlagan. V. Gyugo dramasi asosida yozilgan "Ernani" operasi, F. Shiller tragediyasi asosida yozilgan "Luiza Miller", V. Shekspir asari asosida yaratilgan "Makbet" operalari bunga yorqin misoldir. Verdining mashhur "Rigoletto", "Traviata" va "Trubadur" operalarida uning musiqiy dramaturgik iste’dodining eng yaxshi tomonlari namoyon bo’ldi. Opera qahramonlari ichki dunyosini mahorat bilan ochib berish, musiqiy tilning oddiy va ifodaliligi, italyan xalq musiqasidan kelib chiqqan qo’shiq ruhi, keskin, dinamik rivojlanishga intilish, insonparvarlik g’oyasi va ijtimoiy adolatsizlikni tanqid qilish bu operalarning asosiy xususiyatlaridir. F. Shiller dramasi asosida yozilgan "Don Karlos"(1867 y) va Misr xukumati buyurtmasiga ko’ra yozilgan "Aida"(1870) operalarida rivojlangan ansambllar, katta ommaviy sahnalar, tantanali yurishlar va balet sahnalari chuqur insonparvarlik (gumanistik) mazmunini yoritib berishga hizmat qiladi.
1886 yilda yozilgan "Otello" (Shekspir asari asosida) operasida Verdi musiqa va dramatik voqeani to’la uyg’unligiga erishgan. Kompozitorning Shekspir asari asosida yozilgan "Falstaf" operasi komik (kulgili) operaning yorqin namunasidir. Verdi ijodi XIX-asrda italyan operasi rivojlanishining eng yuqori nuqtasi va jahon musiqa san’atida opera realizmining cho’qqisidir. O’zidan avvalgi va zamondosh kompozitorlar (D. Rossini, G. Donicetti, V. Bellini) an’analarini davom ettirgan, turli opera maktablari tajribasini (Sh. Guno, R. Vagner) o’rgangan va italyan xalq musiqasiga tayangan Verdi o’zining ajoyib uslubini yaratdi. Uning uslubiga voqea va qahramonlar obrazini aniq va bo’rttirib ko’rsatish, dramatik voqeaning tuxtamay rivojlanishi, o’zgarishlarga boy, ifodali vokal deklamaciya, ansambl nomerlari yozish borasidagi mahorat, orkestrning dramaturgik rolini kuchaytirish kabi xususiyatlar xos. Verdining demokratik xususiyatga ega, insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ijodi unga katta shuhrat keltirdi. Kompozitor operalari hozirgi kunda ham butun dunyo opera teatrlarida namoyish qilinmokda.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling