Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.56 Mb.
|
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Mavzu : Franc Shubert ijodi. (1797-1828 ) Reja
- Tayanch iboralar
Tayanch iboralar:
1. Romantizm - frantsuzcha so’z "xayol surish" degan ma’noni bildiradi. XIX asr adabiyoti va san’atidagi etakchi oqim, yo’nalish. Nazorat savollari. 1. Adabiyot va san’atdagi romantizm davri qaysi asrlarga to’g’ri keladi? 2. Romantizm davri musiqa san’atida qanday yangiliklar paydo bo’ldi? 3. Romantik kompozitorlardan kimlarni bilasiz? Topshiriqlar: 1. Berilgan mahruza matni asosida konspekt yozing. 2. Programmali (dasturli) musiqaga xos xususiyatlarni eslab qoling. Adabiyotlar: 1. Konen V. Istoriya zarubejnoy muziki . Vipusk 3. M 1984g. 2. Muzikalg’niy entsiklopedicheskiy slovar. M 1990 g. Mavzu : Franc Shubert ijodi. (1797-1828) Reja: Shubert – buyuk avstriyalik kompozitor. Musiqa san’atidagi romantizm oqimining ilk namoyandalaridan biri. Shubert ijodiga xarakteristika. Bayoni: Buyuk avstriyalik kompozitor Franc Shubert Betxovenning zamondoshi edi. U bor yo’g’i o’ttiz bir yil umr ko’rdi va ijodiy faoliyati gullab yashnagan paytda vafot etdi. Hayotidagi doimiy muvaffaqiyatsizliklar, muhtojlik va nochorlik kompozitorni jismonan va ruhan holdan toydirdi va bevaqt vafotiga sabab bo’ldi. Shubert yaratgan to’qqizta simfoniyaning birortasi ham kompozitor hayotligida ijro etilmadi. Operalari ham sahna yuzini ko’rmadi. Olti yuzdan ortiq qo’shig’idan faqat ikki yuztasi, yigirmadan ortiq sonatasidan faqat ikkitasi nashr etildi. Agar kompozitorlar R.Shuman va I.Brams kabi Shubert musiqasining qadriga etuvchi jonkuyar kishilarning sa’i-harakati va izlab topish borasidagi ulkan mehnati bo’lmaganda Shubertning juda ko’p asarlari izsiz yo’qolib ketardi. Tabiatan ochiqko’ngil, quvnoq va o’ta kamtarin inson bo’lgan Shubert yorqin, maftunkor, dilrabo musiqa asarlari yaratgan. Ammo uning oxirgi asarlarida qayg’u, dard-alam, tushkunlik va fojiali kayfiyat seziladi. Buning sababi faqat kompozitorning shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizliklarda emas, balki o’sha davr ijtimoiy-siyosiy muhitida ham edi. Betxovenning otashin musiqasi Buyuk Franciya revolyutsiyasi g’oyalaridan ilhomlanib yaratilgan. Shubert ijodining gullab yashnagan davri esa 19-asrning 20-yillariga, ya’ni barcha inqilobiy, ilg’or g’oya va fikrlar qatag’on qilingan davrga to’g’ri keldi. Ozodlik, birodarlik, tenglik haqida gapirish tugul eslash ham taqiqlangan edi. Bunday haqsizlik, to’siqlar va chegaralashlar Shubert kabi ijodkorlarga katta ruhiy azoblar berar edi. Ularning ijtimoiy – siyosiy ahvoldan qoniqmasligi va noroziligi san’atda o’z ifodasini topdi va yangi – romantizm oqimi dunyoga keldi. Shubert musiqa san’atidagi romantizmning ilk namoyandalaridan biri edi. U butun iste’dodini «kichkina inson» ning boy ichki dunyosini ko’rsatish, eng nozik his-tuyg’ularini tarannum etishga sarfladi. Doimiy turmush qiyinchiliklari, omadsizlik, muhtojlik uni tinimsiz ijoddan chalg’ita olmadi. «Men har kuni ertalab musiqa yozaman. Bir asarni tugatishim bilan darrov boshqasini boshlayman», - der edi kompozitor. U asarlarini juda tez fursatda yozib tugatar, musiqiy fikrlari uzluksiz ravishda tug’ilganidan qog’ozga tushirishga arang ulgurar edi. Agar nota qog’ozi tugagan bo’lsa turli qog’oz parchalariga yozar edi. Agar asar sifat jihatdan mukammal holatga kelmasa, kompozitor uning ustida to qoniqish hosil qilmaguncha ishlardi. Ba’zi she’rlarga Shubert ettitadan qo’shiq variantlarini yozgani ma’lum. Shubert mavjud barcha janrlarda juda ko’p ajoyib asarlar yozdi. Vokal va fortepiano miniatyuralaridan tortib yirik simfoniyalargacha – hamma janrlarda o’zining yangi, o’ziga xos va betakror uslubini namoyish qildi. Bu asarlarida ifoda vositalarining, birinchi navbatda kuy, ritm va garmoniyaning boy va xilma-xilligi, go’zalligi va nafosati tinglovchini maftun etadi. Shubert ijodi xalq musiqasi, Vena hayotiy musiqasi bilan bog’liq. Bu shaharda yashovchi turli xalqlarning kuy va qo’shiqlari kompozitorga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Shubert o’z asarlarida ularni deyarli ishlatmagan bo’psa ham, xalq kuy va qo’shiqlaridan ilhomlanib ijod qilgan. Shubert fortepiano uchun yoziladigan ekspromt, musiqiy lahza, qo’shiqlar turkumi, lirik-dramatik simfoniya kabi janrlarning asoschisi bo’lib, ularning keyingi rivojlanishiga yo’l ochib berdi. U qanday janrda ijod qilmasin, o’zi yaratgan janrlarda ham , an’anaviy janrlarda ham, barchasida o’zini yangi davr – romantizm davri kompozitori ekanligini ko’rsatdi. Uning yangi romantik uslubi keyinchalik Shuman, Mendelson, List va boshqa kompozitordar ijodida rivojlandi. Shubert yaratgan asosiy asardar quyidagilardir: 600 dan ortiq qo’shiqlar, 9 ta simfoniya, 4 ta opera , 4 ta zingshpil, 22 ta torli kvartet, «Forel» nomli kvintet, fortepiano uchun 22 ta sonata, ekspromtlar, musiqiy lahzalar, xor va vokal ansambl uchun 100 dan ortiq asarlar, Tayanch iboralar. 1. Zingshpil - nemischa so’z, «zing» - kuylamoq, «shpil» - o’ynamoq. Nemis kulgili operasining bir turi. Unda musiqiy nomerlar orasida so’zlashuv dialoglari ham bo’lar edi. 2. Musiqiy lahza - fortepiano uchun yoziladigan kichik pesa (miniatyura). Birinchi marta Shubert ijodida paydo bo’ldi (6 ta musiqiy lahza). 3. Miniatyura - fortepiano, ovoz yoki boshqa soz uchun yoziladigan kichik musiqiy asar. 4. Ekspromt - lotincha so’z, «tayyor» degan ma’noni bildiradi. Badiha uslubida yoziladigan fortepiano asari. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling