Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet48/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar.



  1. Bibliya — Xristian dinining muqaddas kitobi.

  2. Meshchanlik — tor manfaatlarni ko’zlash, qoloqlik.

  3. Feletonbadiiy-publicistik gazeta, jurnal janri. Ma’lum bir asarga kuchli tanqidiy munosabatda bo’lgan holda yoziladi.

  4. Filistimlyanlar — miloddan avvalgi XII asr va undan keyingi davrda Falastin territoriyasida yashagan xalq.

  5. Florestan. Evzebiy — Shuman o’ylab topgan qahramonlar. «David ittifoqi» a’zolari. Shuman o’zining juda ko’p tanqidiy fikrlarini ular tilidan bayon qilgan.

  6. Aforizm — hikmatli so’z, ibora.



Topshiriqlar.



  1. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.

  2. Shumanning kompozitorlik va musiqiy tanqid borasidagi faoliyatiga baho bering.

Adabiyotlar.

  1. Robert Shuman . Izbrannie stati o muzike. M. 1956.

  2. D. Jitomirskiy. Robert Shuman. M. 1965.



Mavzu: Robert Shumanning fortepiano ijodi.
Reja:



  1. Shumanning fortepiano ijodiga xarakteristika.

  2. Shumanning fortepiano asarlari.

Bayoni:

Shumanning fortepiano ijrosi uchun yozgan asarlari kompozitor ijodining asosini tashkil qiladi. Baxtsiz tasodif sababli fortepiano ijrochisi bo’lolmagan Shuman butun kuch va g’ayratini shu soz uchun yorqin, ajoyib va o’ziga xos asarlar yaratishga sarfladi. Uning vokal asarlari va kamer-cholg’u asarlarida ham fortepiano partiyasi nihoyatda rivojlangan. Fortepiano asarlari ijodkori bo’lgan Shumangacha ham yangi romantik fortepiano uslubining ayrim elementlarini rivojlantirgan kompozitorlar bo’lgan. Masalan Betxovenning oxirgi sonatalari Shumanga kuchli tasir ko’rsatgan. Lekin aynan Shuman, Shopen va List bilan bir qatorda yangi uslubning ijodkori hisoblanadi. Uning asarlarini ijro etish katta ijrochilik mahoratini talab qiladi. Yuzaki, yaltiroq, bemano mahoratli ijrochilik uslubiga qattiq qarshi bo’lgan Shuman, mahoratli ijrochilikni asar mazmuni, yorqin obrazlar, turli ziddiyatlar va lirik kechinmalarni ifodalashga hizmat qiluvchi vosita deb bildi. Shu nuqtai nazardan ham Shuman yangi fortepiano uslubining ijodkori hisoblanadi.


Fortepiano ijrosi uchun Shuman ellikka yaqin pesalar to’plami va boshqa asarlar yaratdi. Uchta sonata, fantaziya, «Simfonik etyudlar» kompozitorning mashhur asarlaridir. Miniatyuralar turkumlari ham katta e’tiborga loyiq. «Kapalaklar» , Davidsbyundlerlar raqslari», «Kreysleriana», «Fantastik pesalar», «O’rmon sahnalari», «Karnaval», «O’smirlar uchun albom» nomli turkumlar Shumanning durdona asarlaridir. Ular mustaqil, ammo o’zaro bog’liq, ketma-ket ijro etiladigan pesalar (miniatyuralar) bo’lib yagona bir mavzudagi turkum holatiga keltirilgan. Bunday turkum shakllari kompozitorning o’ziga xos musiqiy tasavvuri va fikrlashi natijasida yaratilgan yangi va noyob hodisadir. Kichik, turli xarakterdagi mustaqil pesalarning ketma-ket kelishidan hosil bo’ladigan turkum asarlar Shumanning nihoyatda boy va erkin fantaziyasini ifodalash uchun juda qulay shakl bo’ldi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling