7
LABORATORIYa IShI №2
Mavzu:
Transport vositalarining oniy tezligini mavjud ko’cha sharoitida
aniqlash va tahlil qilish.
Ishning maqsadi. Mavjud ko’chaning to’g’ri qismida transport vositalarining oniy
harakat tezligini o’lchash.
Topshiriq. Jami 120 tadan kam bo’lmagan miqdorda yengil avtomobillarning oniy
tezligini aniqlash va statistik usuli yordamida tahlil qilish.
Ishni bajarish joyi. Laboratoriya ishi, institut yaqinida joylashgan A.Temur va
Shahrisabz ko’chalarida o’tkaziladi.
Ishlatiladigan asbob uskunalar. Sekundomer va uzunlik o’lchovchi tasma.
Uslubiy ko’rsatmalar
Transport vositalarining harakat tezligini sekundomer bilan o’lchash uchun
yo’lning chorraha va to’g’ri qismlarida ma’lum bir masofa belgilab olinadi. Asosan
o’lchov masofasining uzunligi 50 m.dan (harakat tezligi kichik bo’lgan joylarda) -
150 metrgacha (harakat tezligi yuqori bo’lgan joylarda) belgilanadi.
Transport
vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo’l yoqasiga oq-qora
rangli bo’yoq bilan bo’yalgan ishora tayog’i o’rnatiladi yoki yo’lning qatnov qismiga
ko’ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Kuzatuvchilar (talabalar)
harakat tezligini
o’lchash uchun auditoriyaning derazalari oldida real ko’cha sharoitida o’tayotgan
transport vositalarini yoki maxsus o’rnatilgan kamera yordamida televizor ekraniga
uzatilayotgan, shuningdek avvaldan olib qo’yilgan
videolavhalardagi transport
vositalarining tezligini sekundomer yordamida aniqlaydilar. Kuzatuv natijalarini
oldindan tayyorlangan jadvalga yozib boradi. Kuzatuvchi
transport vositasining oldi
bamperi o’lchov chizig’iga kirganda daqiqa o’lchagichni ishga tushiradi va o’lchov
masofasidan chiqishda uni to’xtatadi.
8
Tezlikni o’lchashdan olingan qiymatlar 3-jadvalga yoziladi. Harakat tezligi
to’g’risidagi natijalar matematik statistika usuli yordamida qayta ishlanadi.
Olingan
natijalarni statistik qayta ishlash misoli 4-jadvalda ko’rsatilgan. Statistik tahlilning
birinchi bosqichi bir-biriga eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iborat.
4-jadval qiymatlaridan foydalanib taqsimot egriligi va
jamlangan taqsimot egrilik
grafiklari quriladi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: